ⓘ Bihishti, Behishti - ortapishar vinobop uzum navi. Vatani - Urta Osiyo. Sharqiy navlar ekologikgeografik guruhiga kiradi. Ozbekistonda r-nlashtirilgan. Tupining ..

                                     

ⓘ Bihishti

Bihishti, Behishti - ortapishar vinobop uzum navi. Vatani - Urta Osiyo. Sharqiy navlar ekologikgeografik guruhiga kiradi. Ozbekistonda r-nlashtirilgan. Tupining osishi ortacha, bargi togarak yoki tuxumsimon, uch bolakchali. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta, silindrkonussimon, ogirligi 200 - 250 g. Gujumi dumaloq, sargishyashil yoki och qahrabo rangda, sershira, xushtam, posti qalinroq, yupqa gubor bilan qoplangan. Faol harorat yigindisi 3000 - 3500° bolganda 150 kunda pishadi. Tarkibida 18 - 20% qand bor. Hosildorligi 180 - 200 s/ga. Bu nav issiq va quruq iqpimli, shorlangan va sernam yerlarda mol hosil beradi. Novdalarini uzun qoldirib kesib, tupiga yelpigichsimon shakl beriladi. Buxoro viloyatida keng tarqalgan. B.dan vino hamda sharbatlar tayyorlanadi.