ⓘ Boyovut tumani - Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1955 yil 19-aprelda Toshkent viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1960 yilda Yangiyer tumaniga qoshilgan. 1963 yil ..

                                     

ⓘ Boyovut tumani

Boyovut tumani - Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1955 yil 19-aprelda Toshkent viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1960 yilda Yangiyer tumaniga qoshilgan. 1963 yil Sirdaryo viloyati tarkibida qayta tashkil etildi. Boyovut tumani Sirdaryo viloyatining sharqida joylashgan. Sharqda Toshkent viloyatining Bekobod tumani, jan.garbda Xovos tumani, shim.da Guliston tumani, garbda Mirzaobod tumani va jan.da Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0.435 ming km². Aholisi 80.2 ming kishi. Boyovut tumani da 1 shaharcha va I qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Boyovut shaharchasi.

                                     

1. Tabiati

Boyovut tumani Mirzachol dashtining jan.da joylashgan. Relyefi tekislik bolib, yer yuzasi allyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan. Iqlimi kontinental iqlim. Iyulning ortacha temperaturasi 26 - 28", yanvarniki - 2°, - 4°. Yiliga ortacha 200– 300 mm yogin tushadi. Tuman hududida Bekobod shamolining tasiri kuchli. Tuman hududidan Jan. Mirzachol kanali va Toshkent viloyati Bekobod tumani chegarasidan "Dostlik" kanali otgan. Grunt suvlari shor va shortob. Tuproqlari lyoss ustida vujudga kelgan har xil boz tuproqlar. Kop yerlarini shor bosgan. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyabori, yovvoyi mushuk, quyon, sudraluvchilardan turli xil ilonlar, suvda va qurukda yashovchilardan chol qurbaqasi uchraydi. Sultonhovuz kolidan baliq ovlanadi.

                                     

2. Aholisi

Aholisi, asosan, ozbeklar; rus, tojik, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga ortacha 161 kishi tofi keladi. Shaharliklar 13.8 ming kishi, qishloq aholisi 66.4 ming kishi 1999.

                                     

3. Xojaligi

Tuman xojaligining asosiy tarmoklari - paxtachilik, chorvachilik, bogdorchilik va gallakorlik. Tuman markazidagi mahalliy sanoat korxonasida xalq istemoli mollari ishlab chiqariladi. 2 paxta tozalash, gisht va non zavodlari bor. Tumanda 39 kichik va xususiy korxona, 250 orta biznes bilan shugullanuvchi korxona, 2 avtokorxona. aloqa bolimi faoliyat korsatadi 1999.

Qishloq xojaligi

Q.xda sugoriladigan yerlar 29.7 ming ga, ekinzorlar 29.2 ming ga, shu jumladan 16.7 ming ga yerga paxta, 126 ga yerga sabzavot, 11.7 ming ga yerga donli ekinlar, 787 ga yerga yemxashak ekinlari ekiladi. Boyovut tumani da 10 shirkatlar uyushmasi, yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, 2 dehqonfermer xojaligi birlashmasi bor. Tuman jamoa va shaxsiy xojaliklarida 21.7 ming qoramol, 18.8 ming qoy va echki, 25.6 ming parranda, 688 ot boqiladi 1999.

                                     

4. Maorifi, ilmiy va madaniy-marifiy muassasalari

1999/2000 oquv yilida 45 umumiy talim maktabida 20328 oquvchi, 1 litseyda 185 oquvchi, 2 hunar litseyida 918 oquvchi talim oldi. Sanat maktabi, 33 kutubxona, 18 klub, 12 qishloq madaniyat uyi, 2 avtoklub, 7 badiiy havaskorlik jamoasi, muzey bor. 280 orinli kasalxona va dispanser, 35 tibbiy punkt bolib, ularda 107 vrach, 950 orta malumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1966 yildan "Istiqbol" tuman gaz. chiqadi.