ⓘ Boyonxon, Bayonxon - turkiy qavmlar tomonidan Yevropada barpo etilgan Avar xoqonligi asoschisi, qahri qattiq, iqgidorli ulug sarkarda. Avarlar Garbiy Kaspiy boy ..

                                     

ⓘ Boyonxon

Boyonxon, Bayonxon - turkiy qavmlar tomonidan Yevropada barpo etilgan Avar xoqonligi asoschisi, qahri qattiq, iqgidorli ulug sarkarda. Avarlar Garbiy Kaspiy boyi dashtlaridan Turk xoqonligi va sosoniylar tazyiqi ostida 6-asr 50- yillari boshida Sharqiy Yevropaga kelganlar. 6a 50- yillari oxiri - 60- yillari boshida kuturgurlar bilan ittifoq bolib antlarga hujum qilib, yurtlarini talontaroj qilishgan. B. rahbarligidagi avarlar harbiy yurishlari bilan 565 yildan boshlab Markaziy Yevropa xalqlariga dahshat sola boshlagan. 567 yil.langobardlar 6n ittifoq tuzib gepidlarni tormor keltirib ularning Pannoniyadagi yerlarini egallaganlar; shu yerda B. yana bir qancha harbiy yurishlar va yangidanyangi qabilalarni birlashtirganidan song 6-asr 60- yillarida Avar xoqonligiga asos solgan. B. qol ostida koplab kochmanchi xalqlar - gunnlarttt avlodlari birlashgan. Bu siyosiy birlashma xoqonlik, B. esa xoqon deb atala boshlagan. Xoqonlik hududida turkiy til ustivor bolgan. B. Pannoniyani xoqonlik markazi qilib tanlagan. B. qoshinlari shu yerdan slavyanlar, franklar, langobardlar, gruzinlar va boshqa qabilalar, shuningdek Vizantiyaga yurishlar qilishgan. 6-asr 70- yillarida B. Vizantiya imperiyasiga muntazam ravishda chopqunlar qilib bir necha janglarda galaba qozongan. Dalmatsiya va Illiriyani talontaroj etgan va Vizantiyani ulkan tovon tolashga majbur qilgan. 587 yil Meziya viloyatini, shuningdek Dorostol, Singidun, Markianopol shaharlarini vayron qilgan. B. 592 yil va 598 yil va undan keyingi yillarda Bolqon ya.o.ga bir necha bor yurishlar qilgan. 7-asr boshida Chexiya, Moraviya va Bogemiyani olgan, bir qancha janglarda franklarni yengib, ularning qiroli Sefertni asir olgan. Faqatgina ulkan tovon tufayligina qirolni ozod etgan. B. Vizantiya imperatori iltimosiga kora 60 ming kishilik qoshini bilan 581 yil slavyanlar ustiga yurish qilib ularning koplab shahar, qishloklarini gorat qilib, boy oljani qolga kiritgan. Slavyanlardan qalin ormon ichiga qochganlarigina salomat qolgan. B. butun Dakiyani olgan, slavyanlarga askar berish majburiyatini yuklagan. 626 yil Vizantiya turk xoqonligi bilan oziga qarshi ittifoq tuzish uchun xufiyona harakat qilayotganidan xabardor bolgan B. Konstantinopolni qamal qilgan, biroq qoshini tarkibidagi slavyanlar xiyonati tufayli shaharni egallay olmagan. Tarixiy adabiyotlarda B.ni bir necha bor Ammuaa va Chingizxon bilan qiyoslashgan.

                                     

1. Adabiyotlar

  • OzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Pletneva S. A., Kochevniki Srednevekovya. Poiski istoricheskix zakonomernostey, M., 1982; Hasan Ato Abushiy, Turkiy qavmlar tarixi. T., 1993.

Faxriddin Hasanov.