ⓘ Bozor islohotlari - davlatning bozor iqtisodiyotiga otishni taminlashga qaratilgan ijtimoii, iqtisodiy choratadbirlari tizimi, iqtisodiy islohotlarnint tarkibny ..

                                     

ⓘ Bozor islohotlari

Bozor islohotlari - davlatning bozor iqtisodiyotiga otishni taminlashga qaratilgan ijtimoii, iqtisodiy choratadbirlari tizimi, iqtisodiy islohotlarnint tarkibny qismi. Bozor islohotlari totalitar rejali iqtisodiyot hukmron bolib kelgan sobiq sotsialistik mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga otishni taminlaydi. Bozor islohotlari jamiyatning iqtisodiy tuzumida tub ozgarishlarga olib keladigan bir qancha yonalishlarda olib boriladi. Mulkiy islohotlar. Bunda mulkchilik munosabatlari ozgartirilib, davlat mulki monopoliyasi tugatiladi, uning hisobidan boshqa mulklar, xususan jamoa mulki, hissadorlik mulki va xususiy mulk rivojlanadi; Agrar islohotlar. Yerga egalikqilish, xojalik yuritish usullarini ozgartirish, yerni turli mulk obyektiga aylantirish, qishloqni fermerlashtirish, tomorqa xojaligini kengaytirish, ijara munosabatini rivojlantirish choratadbirlari otkaziladi. Agrar islohotlar pirovardida bozor iqtisodiyoti talablariga moye keladigan agrar tuzilmani yuzaga keltiradi. Moliya-kredit islohotlari. Moliya-kredit tizimini bozor talablariga binoan qayta qurish, byudjet tuzilmasini ozgartirish, pul islohotini otkazish, tijorat banklari va mayda kredit tashkilotlari ochilishini, shuningdek yangicha valyuta munosabatlariga otish maqsadlarini kozlaydi. Infratuzilma islohotlari. Bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi intlar ni tashkil etishni bildiradi, bular jumlasiga birjalar, brokerlik idoralari, trast kompaniyalari, banklar, sugurta kompaniyalari, auditorlik firmalari kabilar kiradi.Tashqi iqtisodiy aloqalar islohotlari. Ularga mamlakat milliy iqtisodiyotini jahon iktisodiyotiga qoshilishini taminlaydigan choratadbirlar, jumladan eksport va import, bojxona siyosati, chetdan qarz olish, xorijiy moliya tashkilotlari bilan aloqa ornatish, chetga kapital, ish kuchi chiqarish va boshqalarga oid choratadbirlar kiradi. Sotsial islohotlar. Daromadlarni davlat ishtirokida taqsimlash, aholini qimmatchilikdan himoya qilish, aholining nochor qatlamlariga yordam berish, ishsizlik nafaqasini joriy etish, pensiya, sotsial sugurta fondlari, turli xayriya jamgarmalarini uyushtirishga taalluqli choratadbirlarni oz ichiga oladi.

Bozor islohotlari bir butun majmua bolib, ular ijtimoiy va iqtisodiy hayotning hamma jabhalarini qamrab oladi, yangi va yaxlit iqtisodiy mexanizmni yuzaga keltiradi. Bozor islohotlari ning umumiy talablari bir xil, lekin ularni amalga oshirish mamlakatning tanlagan modeliga, uning aniq sharoitiga qarab turlicha kechadi.

Ozbekistonda Bozor islohotlari bozor iqtisodiyotiga otishdagi Ozbekiston modelining umumiy va xususiy jihatlarini hisobga olgan holda otkazilmoqda. Ozbekistonda Bozor islohotlari 1991 yildan - Mustaqillik elon qilingandan song boshlangan. Prezident I.A. Karimov asoslab bergan besh tamoyil Bozor islohotlari strategiyasi va taktikasining konseptual asosini tashkil etadi. 1991 yildan 1994 yilning ortalarigacha davom etgan Bozor islohotlari birinchi bosqichida islohotlarning huquqiy negizi yaratildi, kichik xususiylashtirish amalga oshirilib, mahalliy sanoat, savdo-sotiq, maishiy xizmat sohalari davlat tasarrufidan chiqarildi, iqgisodiyotning nodavlat sektoriga asos solindi. 1994 yilda nodavlat sektorida milliy daromadning 53% yaratildi. Bu bosqichda agrar sektorni isloh qilish shaxsiy xojaliklarga yer berish, xojaliklarda fermerlashtirish shaklida yuz berdi. Davlat narxlaridan sekin-asta erkin bozor narxlariga otildi, bozor infratuzilmasi shakllantirildi, boshqarishning iqtisodiy usuliga otila boshlandi. Ijtimoiy islohotlarning dastlabki bosqichida barchani qimmatchilikdan himoya qilish, songra muhtoj oilalarni himoya qilish choralari qollandi.

Bozor islohotlari ning ikkinchi bosqichi 1994 yil ortalaridan 1997 yil ortalarigacha davom etdi. Bu bosqichda mulkni xususiy lashtirish davom ettirildi, orta va yirik korxonalar ham davlat tasarrufidan chiqarilib, ularning kopchiligi ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. 1997 yil kelib iqtisodiyotning nodavlat sektorida milliy daromadning 67% yaratildi, milliy pul - som muomalaga kiritildi 1994 yil 1 iyul va yagona tolov vositasi deb etirof etildi, uning mamlakat ichidagi konvertatsiyasi taminlandi.

Bozor islohotlari ning uchinchi bosqichi 1997 yil ortalaridan boshlanib, u yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish, qishloqda paychilik mulkiga otish, xorij investitsiyalarini faol jalb etish, iqtisodiyot subyektlarini moliyaviy soglomlashtirish, fermer xojaliklarini rivojlantirish, dehqon xojaliklarini yangicha tashkil etish, kichik va orta biznesni mustahkamlash, qimmatli qogozlar bozorini kengaytirib, unga xorij kapitalini jalb etish xabi ustuvor choratadbirlarni oz ichiga oladi.

                                     

1. Adabiyotlar

  • Karimov I., Ozbekiston - bozor munosabatlariga otishning oziga xos yoli, T., 1993; Karimov I., Ozbekiston bozor islohotlarini chuqurlashtirish yolida, T., 1995; Karimov I., Ozbekiston XXI asr bosagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Chjen V. A., Osnovi privatizatsii, T., 1996.
  • OzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ahmadjon Olmasov.