ⓘ Boltiq qalqoni - Sharkiy Yevropa platformasining shim.garbiy qismida, uning tokembriy burmali fundamentining yer yuzasiga chiqib qolgan qismi. Nisbatan yoshroq ..

                                     

ⓘ Boltiq qalqoni

Boltiq qalqoni - Sharkiy Yevropa platformasining shim.garbiy qismida, uning tokembriy burmali fundamentining yer yuzasiga chiqib qolgan qismi. Nisbatan yoshroq chokindi jinslari qoplami deyarli uchramaydi. Rossiyaning shim.garbiy qismi, Finlyandiya va Shvesiya hududlarini oz ichiga oladi. Fundamentining tokembriy jinslari kuchli metomorflashgan va murakkab joylashgan bolib, turli yoshga mansub majmualardan iborat. Arxey va quyi proterozoy jinslari dan tuzilgan. Ularning mutlaq yoshi 3500 mln. yildan 2700 - 2500 mln. yilgacha. Proterozoyning nisbatan yoshroq Kareliya va svekfin majmualari koproq tarqalgan, ular burmali sistemalar hosil qilib, shakllanishi bundan 1850 - 1750 mln. yil avval yakunlangan. Shuningdek granitrapakivlar ham rivoj topgan. Paleozoydan boshlab vaqtvaqti bilan kotarilgan. Boltiq qalqoni da temir rudasi, mis-nikel rudalari, paleozoy ishqorli intruziyalari orasida apatit konlari bor.