ⓘ Borona, tirma, sixmola - tuproqqa yuza ishlov berish, qatqaloqni yumshatish, begona otlarni yoqotish uchun moljallangan qishloq xojaligi quroli. Ish organlari t ..

                                     

ⓘ Borona

Borona, tirma, sixmola - tuproqqa yuza ishlov berish, qatqaloqni yumshatish, begona otlarni yoqotish uchun moljallangan qishloq xojaligi quroli. Ish organlari turiga kora, tishli va diskli; vazifasiga kora, umumiy ishlarga moljallangan va maxsus; traktorga biriktirish usuliga kora, osma, tirkama va yarim osma xillarga bolinadi. Tuzilishiga kora, B. lar ikki izli, simmetrik va yonalish burchagi ozgaruvchan boladi. Tishli B. ish organlari kvadrat, dumaloq, togri tortburchak va pichoqsimon shakldagi polat tishlardan iborat. Ular ramaga qattiq, oshiqmoshiqli qilib biriktiriladi yoki prujinasimon tirakka mahkamlanadi. Tish tuproqqa pona kabi botib ishlaydi. Bir tishiga togri keladigan nagruzkaga kora, tishli B. lar ogir, ortacha va yengil yoki ekin ustidan yuritiladigan xillarga bolinadi. Ogir va ortacha B. larning tishlari kvadrat, yengillarniki esa dumaloq qilib yasaladi.

Paxtachilikda asosan ortacha B., shuningdek torsimon, prujinali, otoq B. si, aylanadigan pichokli va boshqa xil B. lar ishlatiladi. Ular traktorga tirkagich vositasida biriktiriladi. Tirkagichga 12 dan 24 tagacha B. zvenosi tirkaladi. Gusenitsali traktor bilan ishlaganda tirkagichli agregat 44 - 50 zvenodan tuziladi. Ortacha B. tuproqni yumshatishdan tashqari 8 sm gacha chuqurlikdagi begona otlar ildizini ham sidirib chiqaradi, yer haydalgandan keyin uning sirtqi qatlamini maydalab yumshatadi va tekislaydi, yani ekin ekishga tayyorlaydi. Torsimon B. dala sirtiga yaxshi moslashadigan torga sharnirli biriktirilgan dumaloq tishlardan tuzilgan. Kuzgi va bahorgi galla nihollari unib chiqqandan keyin begona otlarni yoqotish, ayni vaqtda tuproqning sirtki qatlamini yumshatish uchun ishlatiladi. Prujinali B. larda otkir uchli yassi prujina korinishidagi tishlar boladi. Ish paytida ular titrab, tuproqni jadal maydalaydi. Prujinali B. lar obikor dehqonchilik zonasida ogir, qattiq va toshloq yerlarda keng ishlatiladi. Otoq B. larida prujinali elastik otkir tishlar bulib, chopiq qilinadigan ekinlar ekilgan maydonda tuproqning sirtki qatlamini yumshatish va begona utlardan tozalash uchun ishlatiladi. Aylanadigan pichokli B. larning plastinasimon unaqay va chapaqay pichoqpari harakat yonalishiga nisbatan 180° burchak ostida ornatilgan. Yer haydalgandan keyin kesak va palaxsalarni maydalash uchun ishlatiladi. Diskli B. lardan, asosan, chimli yerlarni yumshatish, zaranglashib qolgan shudgor va shori yuvilgan yerlarga ishlov berish, yirik kesak va palaxsalarni maydalash uchun foydalanilgan. Ish organlari diametri 450, 510 va 660 mm li sferik, yassi va kesik disklardan iborat. Toqayzor, dala va boglarda ishlatiladigan xillari boladi. Paxtachilikda diskli dala B. lari ishlatiladi. Ularning diametri 450–510 mm li sferik disklari batareya tarzida yigiladi* Shudgorlangan dalalarda kesak va palaxsalarni kuchirish, ogir tuproqli Tiudgorlarda kattakichik kesaklarni maydalash, kuklamgi ekishdan oldin yerga ishlov berish, kam chimli utloklarni yangilash va angizni yuza yumshatish uchun ishlatiladi. Ogir va zarang yerlarga zarur ishlov berish uchun B. ning ballast yashigiga qoshimcha 250–350 kg yuk mas, qum solib ishlanadi.