ⓘ Bosma mashina - kitob, gazeta, jurnal, broshyura, etiketka, plakat va boshqa matbaa mahsulotlari chop etiladigan mashina. Matbaa jihozlaridan asosiysi hisoblana ..

                                     

ⓘ Bosma mashina

Bosma mashina - kitob, gazeta, jurnal, broshyura, etiketka, plakat va boshqa matbaa mahsulotlari chop etiladigan mashina. Matbaa jihozlaridan asosiysi hisoblanadi. Dastlabki Bosma mashina ni nemis ixtirochisi I. Guttenberg 1441 - 45 yillarda ixtiro qilgan.

Bosma mashina ning asosiy uzellari: boyoqni qolipdan qogozga otkazuvchi bosish apparati; qolipga boyoq surkash apparati, qogozni bosish apparatiga uzatuvchi va nusxalarni mashinadan chiqaruvchi qogoz otkazish mexanizmi; bosilgan mahsulotlarni qabul qiladigan va ularga ishlov beradigan qoshimcha qurilma; mashinani boshqarish yuritmasi va tizimi.

Bosish usuliga kora, bosmaxona Bosma mashina si yuqori bosma, tekis bosma va chukur bosma xillarga bolinadi. Bosish qolipi va unga qogoz yoki boshqa materialni siqib turuvchi sirtning turiga kora, tigelli, tekis va rotatsion Bosma mashina lar boladi rasm. Tigelli Bosma mashina da nusxalar ikki sirt - bosma qolip va qogozni qolipga siqib turuvchi tigelning ozaro tasiri natijasida olinadi. Unda blanklar, muqovalar, bezaklar bosiladi. Tekis Bosma mashina da bosma qolip bir tekislikda yotadi, qogozni shu qolipga silindr siqadi. U bezak va kop boyoqli bosmalar uchun moljallangan. Rotatsion Bosma mashina da qolip va unga qogozni siqadigan sirt silindr shaklida boladi; ular bir xil tezlikda aylanadi. Bunday mashinada gazeta, jurnal, kitob, blanklar, bilet va boshqa mahsulotlar bosiladi. Bosma mashina qogoz turiga qarab ham xillarga bolinadi: varaqlarga bosadigan va qogoz orami rulon dan uzluksiz uzatib turiladigan qogozga bosadigan rotatsion mashinalar. Bosma mashina qogozdan tashqari temir, karton, oyna, plastmassa, toqimachilik materiallari va boshqalarga bosadigan xillarga ham bolinadi.