ⓘ Bosqon yoki bozgon - 1 katta zalvar bolga. Qadimgi ishlab chiqarish qurollaridan biri. Polatdan yasaladi, ogirligi 4 - 6 kg, yogoch dastasining uzunligi 1 m gac ..

                                     

ⓘ Bosqon

Bosqon yoki bozgon - 1) katta zalvar bolga. Qadimgi ishlab chiqarish qurollaridan biri. Polatdan yasaladi, ogirligi 4 - 6 kg, yogoch dastasining uzunligi 1 m gacha boladi. Qizigan polat yoki temirni sandonda bosqon bilan urib yalpoqlanadi. Ayrim joylarda, chunonchi Samarqandda temirchilarning dami ham bosqon deyiladi; 2) yuqoridan tushadigan zarb kuchi hisobiga metall xom ashyoga bosim bilan ishlov beradigan mashina. Qol kuchi bilan ishlatiladigan dastlabki bosqon - richagli bosqon 13 - 14-asrlarda malum bolgan. 16-asr boshlarida charxpalakdan harakatlanadigan bosqon paydo boldi, 18-asrda charxpalaklar ornini bug kuchidan, keyinchalik havo kuchidan foydalanib ishlaydigan bosqon egalladi. 20-asr boshlaridan elektr yuritmali bosqonlar, 1940-yillarda portlama bosqonlar, 1950-yillarda gaz bosqonlari yaratildi. Vazifasiga kora, bolgalash va shtamplash bosqonlariga; harakatlantirish vositasiga kora, bughavo, pnevmatik, mexanik, gidravlik, portlama, gaz elektrmagnitli bosqonlarga bolinadi. Ishlash usuliga kora, oddiy va qosh harakatli bosqonlar buladi.

Bosqonning asosiy qismlari: porshen, shtok va baba muxra; shabot zalvor asos, stanina, yuritma va boshqarish mexanizmlari. Bosqon temirchilik shtamplash ishlab chiqarishining asosiy mashinalaridan biri hisoblanadi.