ⓘ Botanik kolleksiya - ilmiy va amaliy ahamiyatga molik osimlik formalari va turlarini muntazam ravishda yigib borish. Ular osimliklarning jahon genetik fondini s ..

                                     

ⓘ Botanik kolleksiya

Botanik kolleksiya - ilmiy va amaliy ahamiyatga molik osimlik formalari va turlarini muntazam ravishda yigib borish. Ular osimliklarning jahon genetik fondini saqlash, organish, seleksiya ishlarida foydalanish, tadqiq etish maqsadida yigiladi. Ozbekiston osimlikshunoslik i.t. institutida mahalliy va chet ellarda ekiladigan 120 ekinning 50 mingdan ortiq nav’ namunalari toplangan. Ozbekiston goza seleksiyasi va urugchiligi i.t. institutida esa gozaning madaniy va yovvoyi turlarini noyob jahon kolleksiyasi toplangan. Botanik kolleksiya yangi materiallar bilan uzluksiz toldirib boriladi, uruglarning unuvchanlik qobiliyati va toplangan namunalarning biologik aynanligi ozidan changlanish hamda notipik osimliklarni olib tashlash yoli bilan saqlab turiladi, shuningdek ilgari tekshirib chiqilgan mamlakatlarga ekspeditsiyalar uyushtirib, toplanadigan materiallar hisobiga toldiriladi. Osimliklarning qimmatli formalari ni ularning kelib chiqish markazlari da tabiiy populyatsiyalarp orasidan qidiriladi. Jahon kolleksiyasi materiallaridan yangi seleksiya navlarini chiqarishda foydalaniladi.