ⓘ BOTTICHELLI Sandro - italiyalik rangtasvir ustasi, Italiya Ilk Uygonish davri Florensiya rassomligi maktabining yirik vakili; Filippo Lippining shogirdi. Medich ..

                                     

ⓘ Bottichelli Sandro

BOTTICHELLI Sandro - italiyalik rangtasvir ustasi, Italiya Ilk Uygonish davri Florensiya rassomligi maktabining yirik vakili; Filippo Lippining shogirdi. Medichilar xonadoniga yaqin bolgan. B. asarlaridagi nafis va yengil ifodali chiziklarning musiqaviyligi, bir muncha sovuq va shaffof tiniq ranglar tizimi, kompozitsiyadagi ritm nafosati va chuqur lirik tuygularga boy tabiat kurinishlari uning asarlariga B.gagina xos bolgan betakror latofat va tasirchanlik baxsh etadi. B. majozii va antik mavzulardagi asarlar, jumladan, "Bahor", "Veneraning tugilishi", "Madonna del Manifikat", "Anorli Madonna", shuningdek Vatikandagi sikstin kapellasi devoriy rasmlari hamda qator portretlar muallifi. 1490- yillardan B. asarlarida tushkunlik kayfiyati kuzatiladi: "Isoga aza tutish", "Tuhmat" va boshqa U Dantening "Ilohiy komediya"siga birinchi bolib rasm ishlagan sanatkorlardan.

B. ijodi kopgina rassomlar ijodiga tasir etgan. Jumladan, ozbekistonlik rassomlar R. Choriyev, J. Umarbekov va boshqa ijodida bu tasirni sezish mumkin.