ⓘ Botqoqlanish, tuproq botqoqlanishi - tuproqning yer usti yoki grunt suvlari bilan ortiqcha namlanishi natijasida paydo boladigan jarayon. Bunda tuproqda anaerob ..

                                     

ⓘ Botqoqlanish

Botqoqlanish, tuproq botqoqlanishi - tuproqning yer usti yoki grunt suvlari bilan ortiqcha namlanishi natijasida paydo boladigan jarayon. Bunda tuproqda anaerob sharoit vujudga keladi, gleylanish belgilari roy beradi, yarim chirigan osimlik qrldiklari yigilib boradi, suvhavo rejimi ozgaradi. Asosan, atm. yoginlari buglanishdan ustun bolgan zonalarda tarqalgan. Arid zonada B. sof holda kam uchraydi; aksariyat tuproq shorlanishi bilan birga yuz beradi, natijada ekinlar yaxshi rivojlanmaydi va nobud boladi. B. tabiiy va suniy sabablarga kora yuz beradi. Tabiiy sabablar: grunt suvlarining oqib ketishini qiyinlashtiradigan relyef xususiyatlari va geologikgidrogeologik sharoitlar ; toshqinlar natijasida yerlarni suv bosishi; suvning daryo va qollardan sizishi va shahrik.; insonning xojalik faoliyati bilan bogliq bolgan suniy sabablar - grunt suvlarining oqib ketishi tabiiy qiyin bolgan yerlarni drenajlar qurmasdan sugorish; sugorish va shor yuvishda meyordan ortiqcha suv berish; kanal va suv omborlaridan siziladigan suvlar hisobiga yerlarni muntazam zax bosishi, yer usti suvi okimlarining tartibga solinmaganligi; sugorish va kollektordrenaj tarmoqlarining qoniqarsiz holati va boshqa Orta Osiyoning sugoriladigan zonal arid a yerlarning katta qismi da u yoki bu darajada B. xavfi mavjud. Yerlarni B.dan saqlash maqsadida kollektordrenaj tarmogi quriladi. B.ga qarshi kurashish uchun agrotexnik, meliorativ va ekspluatatsion kompleks choratadbirlar otkaziladi, yani daraxtzorlar barpo etiladi, kop yillik otlar bilan almashlab ekish joriy qilinadi; sugoriladigan maydonlar toshqin va muz tikinlari davrlarida suv bosishdan sakdanadi, shor yerlarni yuvish texnologiyasiga rioya qilinadi; drenaj va suv tashlash tarmoqlarining optimal zichligi taminlanadi.