ⓘ Botqoqlik - yerning doimo yoki uzoq vaqt nam, zax bolib yotadigan joyi. B.da torf qalin boladi, osimliklarning ildizlari torf ostidagi gruntga yetib bormaydi. T ..

                                     

ⓘ Botqoqlik

Botqoqlik - yerning doimo yoki uzoq vaqt nam, zax bolib yotadigan joyi. B.da torf qalin boladi, osimliklarning ildizlari torf ostidagi gruntga yetib bormaydi. Torf qatlami yupqa bolsa, botqoqlashgan yerlar deb ataladi. B. xalq xojaligida katta ahamiyatga ega. B. quritilgandan song torf asosan ogit, yoqilgi va mol tagiga toshama sifatida ishlatiladi, undan kimyoviy mahsulotlar olinadi, qurilishda foydalaniladigan plitalar ishlab chikariladi. B. kopincha ormoni kesilib yoki kuyib ketgan joylarda va ogloqlarni uzoq muddat suv bosishi, shuningdek sayoz suv havzalarini ut qoplashi natijasida hosil boladi. Osimliklar tarkibi va osimliklarning oziklanish tartibiga kora B.lar 3 xil boladi: pastqam B., dong B. va oraliq B. Pastqam B. uchun evtrof osimliklar harakterli. Ular mineral tuzlarga boy grunt suvlari kop bolgan daryo qayirlarida, vodiylarda, eski kollar ornida va suvayirgichlarning pastqam joylarida uchraydi. Bunday B.larda asosan, qiyoq, qamish, rovak, qirqbogimlar; daraxtlardan olxa va qayin osadi. Pastqam B.da suv kalamushlari, dala sichqonlari, qunduz, balchiqchi, botqoqtovugi, ordak, goz yashaydi, qobon, qamishzor mushugi, qizil goz, saqoqushlar uchraydi. Dong B. uchun oligotrof osimliklar harakterli bolib, ular suvayirgichlarda yoki daryolarning baland terrasalarida uchraydi va yogindan tashqari mineral tuzlari kam grunt suvlaridan toyinadi. Osimliklari kam. Dong B.lar ormonli va ormonsiz boladi. Oraliq B. oraliq holatni egallaydi va yogindan hamda ortacha minerallashgan grunt suvlaridan tuyinadi. Oraliq B. uchun mezotrof osimliklar xos. Qayin, qaragay, bardidoshlar, sfagn yosinlari osadi. B.larning kop qismi Shim. yarim sharda bolib, qariyb 350 mln. ga.

Turkiston olkasida B.lar yirik daryolar vodiysida, yoyilmalarning tevarakatroflarida va pastqam joylarda uchraydi. Torf qatlami juda yupqa yoki butunlay yoq, osimliklardan qoga va qamish osadi. Sharqiy Pomirda, Oqsuv, Muzqol daryolari vodiylarida, Zorkol, Qorakol va boshqa kollar atrofida ham B. kop.