ⓘ Boxay - Shim.Sharqiy Osiyodagi ilk orta asr davlati. Hududi hozirgi Xitoy, Rossiyaning Primorye olkasi va Koreyaning bir kismini egallagan. B. jan.sharkda Tan i ..

                                     

ⓘ Boxay

Boxay - Shim.Sharqiy Osiyodagi ilk orta asr davlati. Hududi hozirgi Xitoy, Rossiyaning Primorye olkasi va Koreyaning bir kismini egallagan. B. jan.sharkda Tan imperiyasi, garbda Yuesi moxe va shim.sharkda Xeyshuy moxe kabilalari yerlari, jan.da Silla davlati bilan chegaralangan, uning sharqiy chegarasi esa dengiz qirgogidan otgan. Aholisi asosan tungus moxe qabilalari, koreys va xitoylardan iborat bolgan, dehqonchilik, chorvachilik, ipakchilik, ovchilik, balikchilik va hunarmandchilik bilan shugullangan. B.da temir, kumush, mis, oltin, jez ishlab chiqarish, qurolyarog yasash, toqimachilik, kulolchilik, konchilik taraqqiy etgan, daryo va dengiz kemachiligi rivojlangan. Kopchilik B.lik zodagonlar Xitoy poytaxti - Chananda talim olganlar. B.da Tan madaniyati tasiri kuchli bolgan. B. aholisi xitoycha iyeroglif yozuvidan keng foydalangan. B.da adabiyot, ilmfan va sanat ham rivojlangan bolib, buni Xabarovsk va Tokiodagi muzeylarda saqlanayotgan arxeologik topilmalar tasdiqlaydi. B. qoshni davlatlar, xususan Xitoy va Yaponiya bilan madaniy, siyosiy va savdo-sotiq aloqalari olib borgan. B.ning eng gullagan chogi Da Sin Mao hukmronligi davriga togri keladi. B. 926 yil kidonlar tomonidan istilo etilgan.