ⓘ Boshgidromet, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi - Orta Osiyodagi yirik boshqaruv va i. t. markazi. 1992 ..

                                     

ⓘ Boshgidromet

"Boshgidromet", Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi - Orta Osiyodagi yirik boshqaruv va i. t. markazi. 1992 yilda tashkil etilgan. Tarkibida atrof muhitning ifloslanish monitoringi, gidrometeorologax jarayonlarga harbiylashtirilgan tasir korsatish boshqarmalari, gidrometeorologiya markazi, texnika boshqarmasi, V. A. Bugayev nomidagi Orta Osiyo gidrometeorologiya i.t. instituti, "Gidrometasbob" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent gidrometeorologiya texnikumi, 400 dan ortiq gidro va meteorologiya kuzatish punktlari bor. "B." gidrologiya, glyatsiologiya, gidrometeorologik jarayonlarga faol ta’sir korsatish, qishloq xojaligi meteorologiyasi, sinoptik tadqiqotlar, iqlimshunoslik, stratosfera ozonini organish, atrof muhitning ifloslanishini tadqiq etish sohalari boyicha yirik markaz hisoblanadi. "B." 1993 yildan Jahon meteorologiya tashkiloti ga a’zo. "B." JMT va Jahon obhavo xizmatining dasturlarini bajaradi, BMT doirasida Ozbekiston Ressublikasi a’zo bolgan bir qator xalqaro dasturlar va konvensiyalarda qatnashadi.