ⓘ Boshlangich material - yangi nav yaratishda foydalaniladigan yovvoyi va madaniy osimlik shakllari. Boshlangich material sifatida tabiiy va duragay populyatsiyal ..

                                     

ⓘ Boshlangich material

Boshlangich material - yangi nav yaratishda foydalaniladigan yovvoyi va madaniy osimlik shakllari. Boshlangich material sifatida tabiiy va duragay populyatsiyalardan, mutant va poliploid nusxalardan, ozidan changlantirilgan liniyalardan foydalanish mumkin. Tabiiy populyatsiyalar - osimliklarning yovvoyi shakllari, madaniy osimliklarning mahalliy navlari, ekinning jahon kolleksiyasidagi namunalari kopincha kasallik va zararkunandalarga, suv tanqisligiga chidamli boladi. Boshlangich material ekinlari seleksiyasida asosiy Boshlangich material duragay populyatsiyalardir. Ular bir tur miqyosida yoki turlar ortasida har xil navlar va nusxalarni chatishtirish yoli bilan hosil qilinadi. Duragayda turli belgilarni jamlash madaniy osimliklarning qimmatli xususiyatlaridan foydalanish imkonini beradi. Hozirgi zamon seleksiyasida kopchilik ekin navlari duragay populyatsiyalar asosida yaratilgan.

Osimliklar urugga turli mutagen omillar tasir ettirib olinadigan ozgargan nusxalar - mutantlar seleksiyada Boshlangich material ning yangi manbai hisoblanadi mas, gozaning AN402 navi chigitga radioaktiv fosfor tasir ettirib olingan. Bir-biridan geografik uzok, otatona nusxalarini tanlash turli sharoitlarda oziga xos eko/iillarning shakllanishiga asoslangan. Ularning ahamiyati chatishtirish natijasida yaxshilash yoki hosil qilish mumkin bolgan qimmatli belgi va xususiyatlarning genetik farqlariga qarab belgilanadi. Kasalliklarga chidami turlicha bolgan otaona nusxalarini tanlashda kasallik qozgatuvchisining irqiy tarkibi hisobga olinadi. Bunda irsiylanish tabiatini organish, Boshlangich material ning kasalliklarga chidamliligi muhim ahamiyatga ega qarang Seleksiya.