ⓘ Boshtuzi - boshga taqiladigan ziynat buyumi, Xorazmdagina saqlanib qolgan taqinchoq. Kelinlar yakka holda peshonaga va juft holda chakkalariga taqqan. B. shakli ..

                                     

ⓘ Boshtuzi

Boshtuzi - boshga taqiladigan ziynat buyumi, Xorazmdagina saqlanib qolgan taqinchoq. Kelinlar yakka holda peshonaga va juft holda chakkalariga taqqan. B. shakli asosiga uchburchak joylashgan va uning asosidan yuqoriga tomon uchi dumaloq shaklda yakunlanuvchi oqustun chiqarilgan, uchburchak burchaklaridan bortma, oqustundan yon tomonlariga 3 juft shoxchalar chiqarilgan, har bir bortma va shoxchalarga, shuningdek uchburchak asosiga bargakli shokilalar osilgan. Uchburchak markaziga yirik va bortmalarga kichik hajmli, atrofi feruza kozlar halqasi bilan oralgan tekis doiraga esa rangli shisha kozlar ornatilgan. Tadrijiy rivojlanishida zardushtiylik mabudasi Anaxita obrazi bilan ramziy manoga ega bolgan "hayot daraxti" mavzulari uygunlashib ketgan yagona ananaviy shakldagi taqinchoq.