ⓘ Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish - korxonalar, idoralar, hududiy birlashmalar, shahar xojaligi, tarmoq va tashkilotlar faoliyatini boshqarish masalalarini ..

                                     

ⓘ Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish

Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish - korxonalar, idoralar, hududiy birlashmalar, shahar xojaligi, tarmoq va tashkilotlar faoliyatini boshqarish masalalarini hal qilishda matematik usullar, avtomatik qurilmalar va hisoblash texnikasi vositalarini qollash.

Har xil axborot jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyati Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish tizimini yaratishda asosiy ilmiytexnik asos hisoblanadi. Ishlab chiqilgan texnik vositalar evaziga boshqarishdagi axborot jarayonlari texnologiyasini butunlay ozgartirish mumkin. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarish va xojalik faoliyatidagi holatni aks ettiruvchi malumotlarning tezkorligi va ishonchliligini taminlash, malumotlarni qayd qilishni sodda holatga keltirish, zarur xabarlarni izlash va guruhlash, ularning tezligini oshirish, axborot saqlashni mukammallash, hisobotlar tayyorlashda kishi mehnatini kamaytirish, xojalik boginlari orasidagi ozaro boglanish va axborot oqimi sifatini kotarish, ikkinchi darajali malumotlardan xoli bolib, boginlararo axborot oqimini tartibga solish, boshqarish uchun olingan malumotlarni saralab, murakkab tahlil ishlarini bajarish, bashoratlash, maqbullash, rejalashtirish va tashkillash masalalarini hal qilish. Bundam tizimlarni barpo etishdan asosiy maqsad ularning texnik asosi hisoblangan EHMni yaratish, axborot jarayonlarini avtomatlashtirishga qodir tizim malumotlarini har tomonlama ishlab chiqish.

Odamning texnik vositalar bilan ozaro muloqotini yengillashtiradigan malumotlarni qayta ishlash qurilmalari, ayniqsa, axborotlarni qayd qilish va aks ettirish bosqichidagi har xil qurilmalar Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish tizimini xalq xojaligiga joriy etishni tezlashtirishga imkon beradi.

Axborot jarayonlarini avtomatlashtirish asosida eng mukammal matematik modellar qurish hamda maqbul rejalashtirish, loyihalash va boshqarish masalalarini yechish usullaridan foydalanishga imkon tugiladi. Axborot jarayonlarini qulda yoki mexanik ravishda bajarishga asoslangan ananaviy boshqarish tizimlaridan Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirishning farqi shuki, bu tizimni yaratish va foydalanishni tashkil etishning asosiy yolyoriqlari maxsus qoidalar korinishida ifodalangan boladi. Boshqaruvning ayrim bosqichlaridagijarayenlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash masalani yechishga doir malumotlarni tayyorlashga ketadigan mehnatni kamaytirmaydi. Bu holatda axborotni kiritish va chiqarish, namunalar hamda dastur apparatini tayyorlashda parallellikning buzilishi dastur va axborotni qayta ishlovchi texnik vositalarni ishlatishda qiyinchilik tugdiradi. Bu qiyinchiliklar tezkor va haqiqiy malumotlar asosida kelajakni uzoq muddatga bashoratlash masalasini hal qilishda, rejali topshiriqlarni tezkorlik bilan bajarishda, boshqarishda foydalaniladigan malumotlarni takdim etishdagi kechikishlarga sabab boladi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish shu jihatdan ham samaraliki, unda birinchidan hisobga olish va boshqarish masalalari yagona majmua ichida hal boladi, ikkinchidan, axborotning harakat yoli, yani birlamchi axborotdan tortib to bir tizimga solingan boshqaruv malumotlarigacha butunlay qamraladi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish tizimining yagona matematik modeli, yani har xil darajadagi ozaro boglangan matematik modellar majmui boladi. Bu modellar majmui asosida tizimda avtomatik ravishda maqbullash optimallash va rejalashtirish masalasi qoyiladi va yechiladi. Bu tizimning unumdorligiga hamma amallarning avtomatik ravishda bajarilishi evaziga erishiladi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish boshqaruvning tashkiliyiqtisodiy tizimi turiga kiradi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish murakkab tizim bolib, oz tarkibida tub tizimlarni mujassamlashtiradi. Bu tizim malum belgilarga asoslanib ajratilgan va boshqarishning aniq maksad hamda masalalariga javob beradigan tizimning bir qismidir. Shu masalalar doirasida uni alohida tizim deb qarash mumkin. Boshqaruv tizimining matematik taminoti yoki dasturlar toplami odatda ikki guruhga: tashqi va ichki guruhlarga bolinadi. Birinchi guruh dasturlar toplami tizimining yuqorida sanab otilgan ayrim vazifalarini, yani parametrlarning yol qoyilgan oraliqdan chetlashish hollarini hisobga olish, ishlab chiqarish rejalarini tezkorlik bilan tekislash kabi bir qator vazifalarni bajarishga imkon yaratadi. Ichki matematik taminot guruhidagi dasturlar esa boshqarish tizimidagi hisoblash majmuining ishlashini taminlaydi. EHMlar uchun tuzilgan dasturlar oddiy amallarni bajaruvchi buyruqlar zanjiridan tashkil topadi. Buyruklar zanjiri ixtiyoriy bolmasdan, balki masalani yechishning biror matematik usulini amalga oshirishga moljallanadi. Bu usul kop hollarda oldindan formulalar yoki ifodalar orqali berilgan boladi. Agar matematik formulalar va mantiqiy shartlar asosida qoyilgan masalani yechish yuzasidan yuqorida keltirilgan shartlar bajarilsa, u holda bu ketmaketlik qoyilgan masalani yechish algoritmi deyiladi. Bunday algoritm jarayonni boshqaruvchi operatorga shu jarayon har xil sharoitlarda qanday qilib maqbul boshqarilishi mumkinligini korsatib beradi.