ⓘ Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar - Ozbekistonda maxsus boshqaruv tartibqoidalariga rioya qilmaslik, davlat muassasalari yoki jamoat birlashmalarining meyor ..

                                     

ⓘ Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar

Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar - Ozbekistonda maxsus boshqaruv tartibqoidalariga rioya qilmaslik, davlat muassasalari yoki jamoat birlashmalarining meyoriy ish faoliyatini buzishda yoxud hokimiyat vakillarining meyoriy faoliyat tartibiga tajovuz qilishda ifodalangan gayriqonuniy harakatlar. Odil sudlovga qarshi, xojalik faoliyati va jamoat xavfsizligi sohasidagi jinoyatlar ham malum darajada boshqaruv tartibiga tajovuz qiladi. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar q.j.ni shartli ravishda subyektiga qarab, 2 guruhga bolish mumkin: 1) mansabdor shaxslar tomonidan sodir qilinadigan jinoyatlar ; 2) mansabdor bolmagan har qanday shaxslar tomonidan sodir qilinadigan jinoyatlar.

Faqat 18 yoshga tolgan mansabdor shaxsgina 1guruhga kiruvchi jinoyatlarning subyekti bola oladi va uni ayblash uchun bu jinoyatlar faqat hokimiyat yoki mansab vakolati bilan bogliq holda sodir qilingan bolishi shart. Mansabdor bolmagan shaxslar bunday jinoyatlarning bajaruvchisi bola olmaydi, ammo ularda ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin. Maye, pora olish bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bolsa, ularni ayblash uchun guruh azolarining barchasi mansabdor shaxs bolishi, mansab vakolati yuzasidan pora beruvchining manfaatlari uchun muayyan harakatlarni bajara olishi, jinoyatlar mansabdor shaxslarning faqat hokimiyat yoki mansab vakolati bilan bogliq holda sodir qilingan bolishi shart.

Mansabdor shaxsning oz hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistemol qilishi, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqishi, mansabga sovuqqonlik bilan qarashi, oz xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi shart yoki mumkin bolgan harakatlarni qasddan bajarmasligi, garazgoylik yoki boshqa manfaatlarni kozlab, rasmiy hujjatlarga bila turib, soxta malumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib, soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi, oz xizmat mavqeidan foydalangan holda pora olish i kabi harakatlari ham boshqaruv tartibiga putur yetkazadi. Mansabdor shaxsni mazkur jinoyatlarda ayblash uchun uning qilmishlari tufayli fuqarolarning huquklari yoki qonun bilan qoriklanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy yoki kop miqdorda zarar yetkazilishi asos bola oladi OzR JK, 205 - 210moddalar. Pora olishberishda vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga ogdirish, tovlamachilik bilan haq berishni talab etish, davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish, faoliyati taqyqlangan jamoat birlashmalari tuzish, yigilishlar, mitinglar, kocha yurishlari yoki namoyishlar otkazish tartibini buzish, taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish yoki favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga tosqinlik qilish va boshqa ham OzR JK, 211 - 229moddalar belgilangan boshqaruv tartibini amalga oshirishga zarar yetkazadi.