ⓘ Boshqird yarusi - Orta karbon davrining boshlangan vaqti. 1934 yil da S. V. Semixatova tomonidan boshqird qatlamlari nomi bilan ajratilgan. 1974 yil sobiq Ittif ..

                                     

ⓘ Boshqird yarusi

Boshqird yarusi - Orta karbon davrining boshlangan vaqti. 1934 yil da S. V. Semixatova tomonidan "boshqird qatlamlari" nomi bilan ajratilgan. 1974 yil sobiq Ittifoqning umumiy regional sxemalarida rasmiy "Boshqird yarusi" deb qabul qilingan. Serpuxov va Moskva yaruslari oraligida joylashgan. Boshqird yarusi kulrang, toq kulrang, dolomitsimon ohaktoshlardan, magmatik va vulkan jinslardan tuzilgan. Orta Osiyoda, RF, Ukraina da tarqalgan. Boshqird yarusi da toshkomir, neft va gaz, simob, polimetall qurilish materiallari uyumlari bor. Qurama toglaridagi Boshqird yarusi da boksit boyligi va oltin bor. Garbiy Yevropada Boshqird yarusi ga mahalliy stratigrafik sxema boyicha yuqori namyur va quyi vestfal togri keladi.