ⓘ Boshqird qozgolonlari - boshqird xalqining podsho Rossiyasiga qarshi olib borgan qozgolonlari: 1 boshqird xalqiga zorlab xristian dinini qabul qildirishga qarsh ..

                                     

ⓘ Boshqird qozgolonlari

Boshqird qozgolonlari - boshqird xalqining podsho Rossiyasiga qarshi olib borgan qozgolonlari: 1) boshqird xalqiga zorlab xristian dinini qabul qildirishga qarshi, gazovot shiori ostida ruslarga qarshi boshqird mulkdorlari tomonidan 1681 - 83 yillarda uyushtirilgan qozgolon. Qozgolon oqsoqol Sayt Sadir boshchiligida bolgani uchun u Sait qozgoloni deb ham ataladi. 1682 yil 28 mayda Ik daryosi boyida qozgolonchilar maglubiyatga uchraganlar. Qozgolonga qalmiklar ham qoshilganlar. 1683 yil bahorida qozgolon Garbiy Boshqirdistonni qamrab olgan. Biroq boshqird va qalmiq zodagonlari ortasida ozaro nizo boshlangan. Qalmiqlar Boshqirdistonni ozlariga tobe etish maqsadida talonchilik yurishi tashkil etganlar va boshqird yaylovlarini talab koplab asir va mollarni olja olganlar. Qalmiqlar bosqinidan bezib qolgan xalq ommasi qozgolondan chetlashgan, oqibatda podsho hukumati 1683 yil dek.da qozgolonni bostkrishga erishgan; 2) 1755 yilgi qozgolon Botirsho qozgoloni deb ham ataladi. Bu qozgolon ham boshqirdlarni zorlab xristianlashtirishga va boshqird yerlarini tortib olishga qarshi podsho mamuriyatiga, mahalliy mulqdorlarga qarshi qaratilgan. Boshqirdistonning katta qismiga yoyilgan. Qozgolonni tayyorlashda mulla Abdulla Aleev ni boshqird, tatar, qozoq, ozbeklarga qarata yozgan davatnomasi, ularni "kofirlar" - ruslarga qarshi gazovotga chaqirishi malum rol oynagan. Lekin Botirshoning ozi qozgolonga rahbarlik ham qilmagan, qozgolon esa boshqa shiorlar ostida otgan. Shuning uchun uni Botirsho qozgoloni deb atash shartlidir. Qozgolonchilar orasida ittifoq bolmaganligi, yirik mulkdorlarni qozgolonga qarshi chiqishi, podsho hukumatining tilyoglama siyosati natijasida Boshqird qozgolonlari podsho hukumati tomonidan shafqatsizlik bilan bostirilgan. Boshqird qozgolonlari xalq ommasining mustamlakachilikka va zoravonlikka qarshi ozodlik uchun olib borgan kurashi edi.