ⓘ Boyarlar - 1 9 - 17-asrlarda Rus davlatida mulkdorlarning oliy tabaqasi. Kiyev davlatida - urugqabila zodagonlari avlodi, katta drujinachilar - vassallar va kny ..

                                     

ⓘ Boyarlar

Boyarlar - 1) 9 - 17-asrlarda Rus davlatida mulkdorlarning oliy tabaqasi. Kiyev davlatida - urugqabila zodagonlari avlodi, katta drujinachilar - vassallar va knyaz dumasi azolari, yirik yer egalari. Ularning oz vassallari bolib, shaxsiy daxlsizlik imtiyoziga hamda boshqa knyazlar huzuriga ketish huquqiga ega bolganlar. Hududiy tarqoqlik davrida - eng badavlat va obroli mulkdorlar, knyaz hokimiyatining muxoliflari. Novgorod respublikasida B. amalda davlatni boshqarganlar. 14-asrdan ularning huquqlari knyazlar tomonidan astasekin cheklab qoyila boshlangan. Ulug knyazlar saroyida alohida bolimlarni, davlat hududlarini boshqarganlar. 15-asrdan Rus davlatida - davlat xizmatidagi oliy mansabdor shaxslar, B. dumasining eng katta amaldorlari, bosh mamuriy, sud va harbiy lavozimlarni egallaganlar, markaziy va mahalliy boshqaruv organlari ga boshchilik qilganlar, voyevoda bolganlar. Aristokratlar tarkibiga kirganlar. B. dumasi 18-asr boshida Pyotr I tomonidan tugatilishi va dvoryanlikni joriy etilishi munosabati bilan boyar unvoni bekor qilingan. 2) Ruminiyada 13 - 14-asrlarda vujudga kelgan mulkdor tabaqa. 1945 yil agrar islohot natijasida tugatilgan.