ⓘ Boqchasaroy - Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar. Churuksuv soyining xushmanzara sohilida joylashgan. Simferopol - Sevastopol katta yoli yonida. Boqchasar ..

                                     

ⓘ Boqchasaroy

Boqchasaroy - Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar. Churuksuv soyining xushmanzara sohilida joylashgan. Simferopol - Sevastopol katta yoli yonida. Boqchasaroy stansiyasi. Aholisi 26.8 ming kishi. Boqchasaroyda efir moylari, vino ishlab chiqarish, meva sharbatlari, konserva, sut, zavodlari, maishiy xizmat kombinati bor. Boqchasaroyga asos solingan yili - 1532. 1783 yilgacha Qrim xonligining poytaxti bolgan. 1783 yil Qrim tarkibida Rossiya bosib olgan. Boqchasaroy Aleksandr Pushkin va Adam Mitskevich asarlarida kuylangan, 16 - 18-asrlarda turk memorligi asosida qurilgan xon saroyi hamda "Koz yoshi" fontani saqlanib qolgan. Shahar yaqinida Chufut Qala gor shahri joylashgan.