ⓘ Buvayda tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. 1959-yil 14-dekabrda tugatilib, uning hududi Uchkoprik va Bagdod tumanlarig ..

                                     

ⓘ Buvayda tumani

Buvayda tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. 1959-yil 14-dekabrda tugatilib, uning hududi Uchkoprik va Bagdod tumanlariga qoshib yuborilgan. 1973-yil 26-dekabrda qayta tuzildi. Tuman hududi Qoqon shahridandan shimolroqsa joylashgan. Buvayda tumani viloyatning Bagdod, Uchkoprik, Dangara, Oltiariq tumanlari, Namangan viloyatining Pop tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0.28 ming km 2. Aholisi 173.6 ming kishidan ziyod. Buvayda tumanida 11 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Ibrat qishlogi.

                                     

1. Tabiati

Buvayda tumani relyefi asosan tekislik. Iqlimi kontinental. Yanvarning ortacha harorati - 2.3 °C, iyulniki 27.5 °C. Yiliga 120–130 mm yogin tushadi. Vegetatsiya davri 218 kun. Bahor va kuzda kuchli shamollar esadi. Gilli, qumoqli, sugoriladigan otloqi tuproqlar tarqalgan. Shimoliy va shimoli-garbda barxan, dong qumlar uchraydi. Sox suvi Bekobod, Bachqir, Kartan, Buvayda ariqlari orqali keladi. Tuman shimoldan Bagdod kollektori, Achchiqkol va boshqa kanallar otgan. 7 suv inshooti, 140 dan ziyod artezian va drenaj qudugi bor. Ekinzorlar Sox daryosi, Katta Fargona kanali, Katta Andijon kanali hamda yer osti suvlaridan sugoriladi. Qumli yerlarda qandim, cherkez, yulgun, yantoq, oqbosh osadi. Turli kaltakesaklar, oqilon, chipor ilon, shtraux qurbaqaboshi va boshqalar yashaydi.

                                     

2. Aholisi

Tumanda 173.6 ming kishi istiqomat qiladi. Shundan shaharda 97.6 ming kishi 52.6% ni, qishloqda 76 ming kishi 43.8% ni tashkil qiladi. Aholini 99.7% ni ozbeklar, 0.1% ni tojiklar, 0.1% ni qirgizlar tashkil etadi.

                                     

3. Tarixiy obidalari

Tarixiy obidalardan 15 - 16-asrlarga oid Bibi Buvayda maqbarasi, Boston Buva maqbarasi Sulton Boyazid Bistomiy, Podshopirim Fargona vodiysida islomni targib qilgan. Shoh Mahmud Jalil ismli imom nomi bilan boglik rivoyat bor, Bandikushod, Sofi Azizlarning maqbaralari bor.

                                     

4. Xojaligi

Xojaligi asosan qishloq xojaligiga ixtisoslashgan bolib, yetakchi tarmogi paxtachilikdir. Qishloq xojaligida sugoriladigan yerlar 16104 ga, shu jumladan 8620 ga paxta, 5370 ga donli ekinlar, 1930 ga yem-xashak ekinlari, 170 ga sabzavotpoliz ekinlari, 915 ga mevazor va tokzorlar bilan band. Buvaydaning oqqorgon anjiri qadimdan mashhur. Tuman shirkat va shaxsiy xojaliklarida 31.5 ming qoramol, 19 ming qoy va echki, 34 ming parranda, 25 ot, 580 dan ziyod asalari uyasi bor 2000. Pillachilik rivojlangan.

                                     

5. Sanoati

Sanoati qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Ip yigiruv va toquv fabrikasi, tikuvchiliktrikotaj fabrikasi, 4 meva va sabzavotlarni qayta ishlash jumladan, anjir qiyomi ishlab chiqarish sexlari, gilam toqish, vinochilik sexlari, 15 gisht zavodi, 8 qurilish tamirlash tashkiloti, 3 aksiyadorlik jamiyati, 304 kichik va xususiy korxona, tamirlash ustaxonasi, avtokorxona bor.

                                     

6. Ijtimoiy soha

Tumanda 15 km li temir yol Toshkent - Namangan, 11 km li xalqaro, 49 km li respublika, 100 km viloyat ahamiyatiga ega avtomobil yollari mavjud. Ichki avtomobil yollarining uzunligi 718 km. Gaz quvurlari orqali aholi gaz bilan toliq taminlangan.

1999/2000 oquv yilida 51 umumiy talim maktabi, 2 litsey, gimnaziya, nafis sanat va sport maktablarida 31 ming oquvchi talim oldi. 54 ommaviy va bolalar kutubxonasi, 8 sanat saroyi, muzey, 25 dorixona, 780 orinli 4 kasalxona, 52 orinli sanatoriy, qon quyish stansiyasi, 3 poliklinika, 53 tibbiy punkti bolib, ularda 245 vrach, 1368 orta malumotli tibbiy xodim ishlaydi. Yer ostidan chiqarilgan shifobaxsh suv yoniga kurort qurilgan va uni yanada kengaytirish moljallanmoqda. Aholiga 178 savdo shoxobchalari xizmat korsatadi. 1950-yildan "Buvayda kozgusi" tuman gazetasi chiqadi adadi 2030.



                                     
  • Chinobod ruscha: Чинабад - O zbekiston Respublikasi Farg ona viloyati Buvayda tumaniga qarashli shaharcha. 2009 - yilda shaharcha maqomi berilgan. ПОСТАНОВЛЕНИЕ
  • Oqqo rg on ruscha: Аккурган - O zbekiston Respublikasi Farg ona viloyati Buvayda tumaniga qarashli shaharcha. 2009 - yilda shaharcha maqomi berilgan. ПОСТАНОВЛЕНИЕ
  • Buvayda ruscha: Бувайда - O zbekiston Respublikasi Farg ona viloyati Buvayda tumaniga qarashli shaharcha. 2009 - yilda shaharcha maqomi berilgan. ПОСТАНОВЛЕНИЕ
  • Saodatxon Rasulovna Mamadaliyeva 1954.19.4, Buvayda tumani - O zbekiston Respublikasi xalq o qituvchisi 1995 Qo qon pedagogika institutining o zbek
  • Andoza: Dead end Bibi Ubaydo ziyoratgohi Farg ona viloyati Buvayda tumani Buvyada qishlog ida joylashgan muqaddas ziyoratgohlarda biri hisoblanadi. Bu ziyoratgoh
  • km. Janubdan Rishton 34, 2 km sharqdan Oltiariq 21, 2 km shimoldan Buvayda 19, 5 km g arbdan Uchko prik 23, 2 km tumanlari bilan chegaradosh. Tuman
  • qo shib yuborildi. 1964 yil 31 dekabrda qayta tuziddi. Sharqsan Bag dod, Buvayda shim. va g arbdan Dang ara, Qo qon shahri, g arb va janubi - g arbdan O zbekiston
  • tuzilgan Dang ara tumani viloyatning Buvayda Uchko prik, O zbekistan, Furqat tumanlari, Qo qon sh., Namangan viloyatining Pop tumani Tojikiston Respublikasining
  • Marg ilon tumani ham qo shilgan. 1980 yil 27 dekabrda Yozyovon tumani qayta tuzildi Yozyovon tumani viloyatning Toshloq, Oxunboboyev, Oltiariq, Buvayda tumanlari
  • Qum ruscha: Кум - O zbekiston Respublikasi Farg ona viloyati Buvayda tumaniga qarashli shaharcha. 2009 - yilda shaharcha maqomi berilgan. ПОСТАНОВЛЕНИЕ
  • Zarbuloq ruscha: Зарбулак - O zbekiston Respublikasi Farg ona viloyati Buvayda tumaniga qarashli shaharcha. 2009 - yilda shaharcha maqomi berilgan. ПОСТАНОВЛЕНИЕ