ⓘ Buvaki - xoraki va vinobop mahalliy uzum navi. Tupi kuchli usadi. Guli ikki jinsli. Bu navning Tosh va Nor buvaki nomli xillari bor. Bargi katta, togarak, besh ..

                                     

ⓘ Buvaki

Buvaki - xoraki va vinobop mahalliy uzum navi. Tupi kuchli usadi. Guli ikki jinsli. Bu navning Tosh va Nor buvaki nomli xillari bor. Bargi katta, togarak, besh bolakchali, toq yashil, yaltiroq, bir oz yuqoriga qayrilgan, cheti arra tishli. Uzum boshi katta, uzunchoq konussimon, ortacha tigiz, ogirligi 250 - 300 g. Gujumi ortacha, dumaloq, och yashil, sargish, sershira, posti qalin. Tosh buvaki gujumining sirtida qoramtir nuqtalari borligi bilan Nor buvakidan ajralib turadi. Sentabr boshlarida pishadi. Tarkibidagi qand 20 - 22%, hosildorligi 150 - 180 s/ga. Sugoriladigan tipik boz tuproqdi va lalmikor yerlarda yaxshi osadi. Sovuqqa chidamsiz. 1930 yildan Ozbekistonda Buxoro va Samarqand viloyatlarida yetishtiriladigan B.dan "Buvaki" desert oq markali vino tayyorlangan, xonadonlarda alo sifatli shinni pishirilgan. B. qishda saqlashga ham yaroqli bolgan. 60- yillardan boshlab ekiladigan navlar royxatidan chiqarib yuborilgan.