ⓘ Buzilmaslik - biror texnik qurilma ning malum xizmat muddati davomida ishga yarokliligini uzluksiz saqlash xossasi; ishonchlilik korsatkichlaridan biri. Texnik ..

                                     

ⓘ Buzilmaslik

Buzilmaslik - biror texnik qurilma ning malum xizmat muddati davomida ishga yarokliligini uzluksiz saqlash xossasi; ishonchlilik korsatkichlaridan biri. Texnik qurilmaning ishga yaroqlilik va yaroqsizlik darajasiga bogliq. Ishga yaroqlilik - texnik qurilmaning oz "vazifasi"ni texnik shartlar korsatkichlariga moye ravishda bajara oladigan holati. Ishga yaroqsizlik qurilmaning texnik shartlar korsatkichlaridan birortasiga javob bermay, ishga yaroqliligini yoqotgan holati. Texnik qurilma ishga yarab, texnik shartlarning ikkinchi darajali talablariga javob bermaydigan holati kamchilik deyiladi. Texnik qurilma tiklanuvchi va tiklanmovchi bolishi mumkin. Ishlamay qolganda tuzatilib ishga yaroqliligi qayta tiklanadigan qurilma tiklanuvchi qurilma, ishlamay qolganda ishga yaroqliligini tiklab bolmaydigan qurilma tiklanmovchi qurilma deyiladi. Urtacha xizmat muddati va buzilmasdan ishlash ehtimoli har bir texnik qurilmaning asosiy B. korsatkichi hisoblanadi. Texnik qurilma yoki uzelning buzilmasligi ularning detallari buzilmasligi orqali belgilanadi. Har bir detalning ishga yaroqliligi yoqolishi bilan qurilma ning ishga yaroqliligi ham yoqoladi.