ⓘ Buzurgmehr - davlat arbobi, ijodkor. Xusrav I Anushirvon davrida vazirlik qilgan. Otasi Baraka sosoniy hukmdorlarning nadimlaridan edi. B. hind shohi Devasar An ..

                                     

ⓘ Buzurgmehr

Buzurgmehr - davlat arbobi, ijodkor. Xusrav I Anushirvon davrida vazirlik qilgan. Otasi Baraka sosoniy hukmdorlarning nadimlaridan edi. B. hind shohi Devasar Anushirvonga yuborgan shatranj oyinining mohiyatini ochib beradi, ozi "nard" oyinini kashf etadi. Uning homiyligida sanat, adabiyot rivoj topadi, Eron bilan Hindiston ortasida elchilik aloqalari ornatiladi, "Kalila va Dimna" shu vaqtda Eronga keltiriladi. Anushirvon vafotidan song fitna tufayli valiahd Xurmuzd B.ni qatl ettiradi. B. "Ganji shohiy" nomli pandnoma yaratgan. Sosoniylar davriga mansub "Shatranjnoma" kitobida B. obrazi berilgan. Firdavsiyning "Shohnoma", Nizomiyning "Hamsa" asarida, qad. hikoyatlar majmui - "Jome ulhikoyot" va boshqa asarlarda B. zukko davlat arbobi, manaviyat, ilmfan homiysi sifatida tilga olinadi. U Sharq xalqlari hikoyatida ananaviy obrazga aylangan.