ⓘ Buyrak siydik ajratib chiqaruvchi juft a’zo. U loviyasimon shaklga ega bo’lib, katta odamda uzunligi 10-12 sm, kengligi 5-6 sm, qalinligi 4 sm. Og’irligi 120 -2 ..

                                     

ⓘ Buyrak

Buyrak siydik ajratib chiqaruvchi juft a’zo. U loviyasimon shaklga ega bo’lib, katta odamda uzunligi 10-12 sm, kengligi 5-6 sm, qalinligi 4 sm. Og’irligi 120 -200 g. U to’q qizil rangli, yuzasi katta odamda silliq. Buyrakning oldingi yuzasi qavariq, orqa yuzasi yassiroq. Uning yuqori uchi, pastki uchi, qavariq lateral qirrasi, botiq medial qirrasi tafovut qilinadi. Medial qirrasining o’rtasida oldingi va orqa yuzalari bilan chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi joylashgan. Bu yerdan buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan esa siydik yo’li, vena va limfa tomirlar chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga botib kirgan buyrak bo’shlig’iga o’tib ketadi. Buyrak bel sohasida umurtqa pog’onasining ikki yon tomonida qorin bo’shlig’ining orqa devorida qorin pardaning orqasida joylashgan. Buyraklarning yuqori uchlari bir-biriga yaqin joylashsa, pastki uchlari uzoqroq turadi. Chap buyrak o’ngiga nisbatan yuqoriroq turadi. Chap buyrakni yuqori uchi XI ko’krak umurtqasini o’rtasida, pastki...