ⓘ Buyrak yetishmovchiligi - buyrak faoliyatining pasayishi sindromi. Tosatdan yoki sekin-asta roy beradi. Kop qon yoqotish, mexanik shikastlanish tufayli qon bosi ..

                                     

ⓘ Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak yetishmovchiligi - buyrak faoliyatining pasayishi sindromi. Tosatdan yoki sekin-asta roy beradi. Kop qon yoqotish, mexanik shikastlanish tufayli qon bosimining pasayib ketishi yoki bemorning qon guruhiga moye kelmaydigan qon quyish, tok urishi, septik abort va boshqa; dorilar va boshqa metall tuzlaridan zaharlanish oqibatida buyrak parenximasining shikastlanishi; siydik yolining osma yoki buyrak toshlari bilan bekilib qolishi, shikastlanish tufayli ikkala buyrak zararlanishi otkir Buyrak yetishmovchiligiga sabab bolishi mumkin. Otkir Buyrak yetishmovchiligida buyrak faoliyati, xususan azot, suvtuz va boshqa moddalar almashinuvi izdan chiqadi, bunda siydik kam ajraladi, ogir hollarda butunlay ajralmay qoladi. Qonda siydikchil miqdori kopayadi, organizmning siydikdan zaharlanishi kuzatiladi; teri osti, qorin va kokrak qafasida suyuqlik toplanadi. Surunkali Buyrak yetishmovchiligi asosan buyrak va siydik yolining uzoq davom etadigan kasalliklari oqibati bolib, buyrak toqimasining bujmayishi yoki xaltasimon kengayishi bilan davom etadi. Tashnalik, ogiz qurishi, teri qurukshab qichishishi, qusish, kamqonlik; nafas azolari, yuraktomirlar va medaichak faoliyatining buzilishi alomatlari kuzatiladi. Siydikning nisbiy zichligi kamayib, miqdori esa ortadi.

Davosi: otkir Buyrak yetishmovchiligida bemor kasalxonada davolanadi ; surunkali shaklida parhez va dori-darmonlar qollaniladi, gemodializ otkaziladi. Kechiktirilgan hollarda buyrak kochirib otkaziladi qarang Transplantatsiya.