ⓘ Buyrak sanchigi - buyrakning ayrim kasalliklari belgisi. Birdaniga belda qattiq ogriq turadi, bazan u chov sohasiga, songa, jinsiy azolarga tarqaladi. Ogriqning ..

                                     

ⓘ Buyrak sanchigi

Buyrak sanchigi - buyrakning ayrim kasalliklari belgisi. Birdaniga belda qattiq ogriq turadi, bazan u chov sohasiga, songa, jinsiy azolarga tarqaladi. Ogriqning zoridan bemor ozini qoygani joy topa olmay qoladi. Bazan sanchiq vaqtida kasal botbot siyadi, qayt qiladi, yel chiqmaydi, qorni dam boladi, harorati kotariladi, taxikardiya, qonda leykotsitoz, ECHT tezlashadi. Buyrak sanchigi kopincha siydiktosh kasalligida, siydik yollarida tuzlar toplanib qolganda, gidronefroz, nefroptoz, buyrak sili hamda siydik nayi va buyrakning boshqa kasalliklari natijasida yuzaga keladi. Buyrak sanchigi ni ozga xastaliklardan farqlashda urografiya juda qol keladi. Sanchiq qayerda va qay tarzda bolishidan qati nazar darhol tez yordam chaqirish lozim. Chunki qorin boshligining boshqa otkir jarrohlik kasalliklarida ham shunday sanchiq bolishi mumkin. Bunday hollarda kasallikni aniqlamasdan turib, oz bilgicha issiq yoki turlicha dori-darmonlar qilish yaramaydi, aks holda tuzatib bolmaydigan ogir asoratlarga olib kelishi mumkin. "Tez yordam" kelguncha papaverin, noshpa yoki platifillin tabletkalarini berish yoki inyeksiyalarini qilish mumkin.