ⓘ Bukraa - Saxroi Kabirning shim. qismidagi kon, dunyodagi eng katta fosforit konlaridan. 1973 yilda ishga tushirilgan. Kon yuqori bor davri gilkremniyohaktoshli ..

                                     

ⓘ Bukraa

Bukraa - Saxroi Kabirning shim. qismidagi kon, dunyodagi eng katta fosforit konlaridan. 1973 yilda ishga tushirilgan. Kon yuqori bor davri gilkremniyohaktoshli jinslarida joylashgan. Sanoat miqyosida uyumlari donador fosforit qatlamlaridan tuzilgan. 50 - 90% fosfat donalaridan va faunalarning fosfatlashgan qoldiq qoshimchalari dan iborat. R2O5 miqdori 30 - 33%. Fosforitlarda har doim kop miqdorda uran, goho nodir yer elementlari va pirit uchraydi. Fosforitning umumiy zaxirasi qariyb 10 mlrd. t ga teng. Konning asosiy markazi - Buk.