ⓘ Buldozer - 1 tuproq, qum, shagal, mayda tosh, tog jinslari va boshqa tokma materiallarni 200 m gacha masofaga surish va toplash, zovur va chuqurlarni tuproq bil ..

                                     

ⓘ Buldozer

Buldozer - 1) tuproq, qum, shagal, mayda tosh, tog jinslari va boshqa tokma materiallarni 200 m gacha masofaga surish va toplash, zovur va chuqurlarni tuproq bilan toldirish, yerni tekislash, axlat va chiqindilarni yigish, aerodrom, yol va maydonlarni qordan tozalash uchun moljallangan mashina. Yol qurilishi, gidrotexnika inshootlari qurilishi, qishloq xojaligida ishlatiladi. B. yerni kesib suradigan moslama, rama, moslamani kotaribtushiruvchi gidravlik yoki chigirli mexanizmlar va ularni boshqarish tizimlaridan iborat.

B.larning quyidagi xillari bor: a) kesib suruvchi moslama otvalming ishlash usuliga qarab, otvali buriladigan va otvali burilmaydigan; b) otvalini boshqarish mexanizmiga qarab, gidravlik; arqon trosblok tizimli; v) traktorning yurish qismiga qarab, gildirakli va gusenitsali; 2) mashinasozlikda - metallni qizdirib yoki sovuqlayin bukib, turli shakldagi detallar tayyorlanadigan gidravlik yoki krivoship mexanizmli qurilma press. B. koplab mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarning temirchilikshtamplash sexlariga ornatiladi. Krivoship mexanizmli B. staninasining yonaltiruvchilari / da polzun 2 rasm yuradi. Egish shtamplari polzunga va stanina tiraklari 3 ga bolt 4 lar bilan mahkamlab qoyiladi. Gidravlik B.ning polzuni suyuqlik tasirida harakatlanadi.