ⓘ Bunostomoz - kovsh qaytaruvchi hayvonlarda uchraydigan gelmintoz kasallik. Kasallikni mollarning ingichka ichagida parazitlik qiladigan Bunostomum trigonocephal ..

                                     

ⓘ Bunostomoz

Bunostomoz - kovsh qaytaruvchi hayvonlarda uchraydigan gelmintoz kasallik. Kasallikni mollarning ingichka ichagida parazitlik qiladigan Bunostomum trigonocephalum va V. phlebitomum nematodalari quzgatadi. Ingichka ichakda yashaydigan urgochi nematodalar tuxumlari najas bilan tashqariga chiqadi va qulay sharoitlarda tuxumdan chiqqan lichinkalar 3 - 7 sutkada invazion bosqichga yetadi. Lichinkalar aksariyat hollarda teri orqali, shuningdek ozuqa va suv bilan hayvon organizmiga kirganda kasallik yuqadi. Kasallangan mol oriqlaydi, quvvatdan ketadi, osmaydi, kamqon bolib qoladi, ichi ketadi, buzoklarda yalanish kuzatiladi. Lavroskopiya otkazib tashhis qoyiladi. Davolash: fenotiazin, nilverm, morantel tantrat, tivedin beriladi. Oldini olish: hayvonlarning terisini va binolarni toza tutish.