ⓘ Burj - Quyoshning yillik korinma harakati doirasidagi on ikki yulduz turkumining nomlari. Bu soz zodiak yulduzi turkumlari Dayav, Hut. Hamal, Savr, Javzo, Sarat ..

                                     

ⓘ Burj

Burj - Quyoshning yillik korinma harakati doirasidagi on ikki yulduz turkumining nomlari. Bu soz zodiak yulduzi turkumlari Dayav, Hut. Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadiylarga nisbatan qollaniladi. Ular Quyoshning yillik korinma harakat yoli boylab joylashgan. Har birida Quyosh taxminan bir oycha boladi. B. yulduz turkumlaridan Quyosh sistemasining deyarli barcha sayyoralari, kometalari va Oyning ham korinma harakat yollari otadi. Yunonistonda B. turkumlarini alohida ajratib, ularni maxsus belgilar bilan ifodalashgan. Shunga kora, osmon gumbazida bahorgi va kuzgi tengkunlik, yozgi va qishki Quyosh turish nuqtalari ham osha belgilar bilan belgilanadi. Presessiya hodisasi sababli otgan 2 ming yil ichida bu nuqtalar surilib, qoshni yulduz turkumlariga otib ketgan bolishiga qaramay, shu belgilar, shuningdek Saraton va Javzo tropiklari deb ataluvchi nomlar ham saqlanib qolgan.

Turkiy xalqlarda oylarning nomi ham B. nomidan olingan. Bahor fasli - burji obiy, yoz fasli - burji noriy, kuz fasli - burji bodiy, qish fasli - burji hokiy deb atalgan. 12 yillik muchal yillari boshi hamalayan hisoblanadi qarang Zodiak.