ⓘ Burhon sulton - Buxoro xoni, shayboniylardan. Shayboniyxonnchit nabirasi Muhammad Yorga sherik sifatida Buxoro taxtiga otiradi. B. S bir tuhmat sababli 1554 yil ..

                                     

ⓘ Burhon sulton

Burhon sulton - Buxoro xoni, shayboniylardan. Shayboniyxonnchit nabirasi Muhammad Yorga sherik sifatida Buxoro taxtiga otiradi. B. S bir tuhmat sababli 1554 yil Muhammad Yorni qatl ettiradi. Barok,xon Movarounnahrni tola egallash maqsadida 1555 yil Buxoroga B. S ustiga yurish qilib, shaharni qamal qiladi. Qamal juda ogir kechib 3 oy davom etadi. B. S yordam sorab Abdullaxon II ga odam yuboradi va unga Buxoroni berib, xizmatiga kirishga tayyor ekanligini malum qiladi. Abdullaxon II Forob yonida Baroqxon qoshinini yengib galaba qozonadi. B. S esa vadasiga vafo qilib Abdullaxonga Buxoroni topshiradi va ozi Qorakolga ketadi, biroq oradan bir yarim oy otgach B. S shartni buzib, Buxoroga yurish qiladi. Abdullaxondan chochib qolgan Baroqxon B. S bilan dostlashib, unga yordamga oshiqadi. Abdullaxon sulh tuzishga majbur bolib, yana Afgoniston tomonlarga qaytib ketadi. Abdullaxon ikki galaba ni qolga kiritgan osha kezlari B. S Karmanaga hujum qilib, qalani qolga kirita olmagach, Buxoroga qaytib ketadi. Abdullaxon II uning ilgarigi xiyonatkorligi hamda bu qiligi qasosi bahonasida Buxoro ustiga qoshin tortib, 1557 yil iyulida shaharni qattiq qamal qiladi. Qamal chozilib, qamaldagilar ahvoli ogirlasha borgach, B. S. Abdullaxon II bilan sulh tuzishga majbur boladi. Sulh tuziladi va shu kechasi sirli ravishda B. S ham oldiriladi.