ⓘ Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi, VLKSM - sobiq Ittifokda yoshlarning ijtimoiysiyosiy tashkiloti. 1918 yil 29 okt.da RSDRP tashabbusi va rahbarl ..

                                     

ⓘ Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi

Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi, VLKSM - sobiq Ittifokda yoshlarning ijtimoiysiyosiy tashkiloti. 1918 yil 29 okt.da RSDRP tashabbusi va rahbarligida I Butun Rossiya ishchi va dehqon yoshlarining uyushmalari s’ezdida tuzilgan. Dastlab RKSM, 1924 yildan RLKSM, 1926 yildan VLKSM deb atalgan. 14 - 28 yoshdagi yigitqizlar qabul qilingan. Tashkiliy jihatdan sobiq KPSSdan andoza olib tuzilgan. Yoshlar orasida komfirqa siyosatini olib borgan. Ozbekistonda tuzilgan yoshlar tashkiloti ham uning tarkibiy qismi edi. VLKSM ozining 22favqulodda s’ezdida kommunistik yoshlar uyushmalarining federatsiyasi sifatida siyosiy rolini otab boldi, deb hisoblandi.