ⓘ Buxgalteriya hisoboti - korxona ning hisobot davri dagi mablaglari holati va xojalik-moliyaviy faoliyatini ifodalovchi korsatkichlar tizimi; buxgalteriya hisobi ..

                                     

ⓘ Buxgalteriya hisoboti

Buxgalteriya hisoboti - korxona ning hisobot davri dagi mablaglari holati va xojalik-moliyaviy faoliyatini ifodalovchi korsatkichlar tizimi; buxgalteriya hisobi ma’lumotlari boyicha tuziladi. Buxgalteriya hisoboti statistika va operativ hisobotlari bilan birgalikda moliyaviy hisobotning tarkibiy qismini tashkil etadi. Davriyligiga kora Buxgalteriya hisoboti chorak, yarim yil, 9 oy va bir yil uchun tuziladi. Maqsadiga kora ichki va tashqi turlarga bolinadi. Ichki Buxgalteriya hisoboti korxona va uning tarkibiy bolinmalari faoliyatini tahlil etish hamda boshqarishga xizmat qiladi. Tashqi Buxgalteriya hisoboti korxonaning moliyaviy holati haqida axborotlar oladigan boshqaruv hamda nazorat idoralariga beriladi. Hajmiga kora dastlabki va jamlanma Buxgalteriya hisoboti ga bolinadi. 1997 yil 1 yanvardan Buxgalteriya hisoboti qamraydigan ma’lumotlar doirasi ni OzR Moliya vazirligi belgilaydi. Buxgalteriya hisoboti ning belgilangan muddatda topshirilishi va majburiyligi ularga qoyiladigan asosiy talabdir. Korxonalar yillik Buxgalteriya hisoboti ni yakunlangan yildan keyin 15 fevraldan, choraklik Buxgalteriya hisoboti ni chorak tugagach, 25 kundan kechikmay mulk egalariga, korxona joylashgan hududdagi davlat statistika idoralariga, davlat soliq inspeksiyalariga va boshqa davlat organlariga topshirishlari shart.