ⓘ Buxoro va Samarqand suv taqsimoti - Zarafshon daryosining Samarqand va Buxoro vohalari ortasidagi suv taqsimoti. Buxoro va Samarqand vohalarida suv taqsimoti Ka ..

                                     

ⓘ Buxoro va Samarqand suv taqsimoti

Buxoro va Samarqand suv taqsimoti - Zarafshon daryosining Samarqand va Buxoro vohalari ortasidagi suv taqsimoti. Buxoro va Samarqand vohalarida suv taqsimoti Kadimdan to sunggi vaqtlargacha muayyan tartibda davom etib kelgan bolib, Zarafshon dehkonchiligi uchun yaroqli yerlarning ma’lum bir qisminigina sugora olgan, xolos. Qad. miroblar daryodagi suv sathining holatini "vaqti purob", "vaqti miyonob" va "vaqti qillatiob" paytlariga bolganlar. Zarafshon suvi ortacha bolgan paytlarda "nimjoy", ya’ni "yarim ariq" usulida taksimlangan. Daryoda suv oz bolgan paytlarda hamma suv Buxoroga tashlangan. Bu "obpartav", ya’ni "suv tashlash" deb atalgan. "Obpartav" faqat Buxoro shahrini suv bilan ta’minlash uchun qollanilib, mavsumda 2 marta amalga oshirilgan. "Obpartav" muddati 2 - 4 haftaga chozilgan. Zarafshon suvi masalasida Buxoro Samarqandga qaram bolgan. Shuning uchun ham Zarafshon vodiysining yuqori qismi podsho Rossiyasi tomonidan bosib olingandan song Samarqand ma’muriyati bilan Buxoro amirligi ortasidagi munosabatlarda suv masalasi alohida orin tutdi. 1872 yil har ikki tomon vakillari ishtirokida Samarqandda B. va Buxoro va samarqand suv taqsimoti t. komissiyasi tuziddi. Komissiya Buxoro va Samarqand ortasidagi suv taqsimotining qad. tartiblarini muhokama qilib, mavsumda Buxoro uchun 2 marta - 15 aprel dan 15 maygacha va 15 avg.dan 15 sentabrgacha daryoni "obpartav" yoki "nimjoy" qilishga qaror qildi. 19-asrning 80 - 90- yillarida Samarqand vohasida sugoriladigan dehqonchilik maydoni kengaytirilib, Zarafshon suvining kopi ana shu vohaning yuqori qismida sarf bola boshladi. Natijada Buxoro vohasi tez-tez suv tanqisligiga uchrab turdi. Suv masalasini B. va Buxoro va samarqand suv taqsimoti t. komissiyasi 1894, 1895 va 1902 yillarda qaytaqayta muhokama qildi. Komissiya Buxoro va Samarqand vohalaridagi sugoriladigan yer maydoni hajmini nazarda tutib, quyidagicha qaror qildi: 1) Zarafshonda suv qancha bolishidan qati nazar, daryo suvining uchdan ikki qismi ni Samarqandga, uchdan bir qismi ni Buxoroga tashlash; 2) mavsumda ikki marta Buxoroga tashlanadigan suv miqdorini kopaytirish. Ammo bu bilan B. va S. s t. masalasi hal bolmadi. 19-asr oxirlarida Zarafshonning yuqori oqimida suv omborlari barpo etish va Buxoroga Amudaryodan suv chiqarish goyalari paydo boldi. Bu goyalar 20-asr 60- yillariga kelib uzilkesil amalga oshirildi: vohaning sugorish sistemasi qayta qurilib, gidroinshootlar kopaytirildi, Zarafshon boylab "Oq va Qora daryo suv ayirgichi", Harxor, Shohrud, Shofirkon va boshqa yirik gidrouzellar qurildi, Kattaqorgon, Quyimozor suv omborlari, AmuQorakol kanali va AmuBuxoro mashina kapali kabi ulkan sugorish inshootlari toliq qurilib, ishga tushirildi.Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Axmad Donish, Istoriya mangitskoy dinastii, Dushanbe, 1967; Muhammadjonov A., Zarafshon vodiysiningsuv xojaligi tarixidan, T., 1959.Abdulahad Muhammadjonov.