ⓘ Buxoro kandakorlik maktabi - kandakorlik san’atidagi oziga xos uslub. 19-asrda shakllangan. Buxoro kandakorlik buyumlari shakli sodda, xushbichimligi, naqshlari ..

                                     

ⓘ Buxoro kandakorlik maktabi

Buxoro kandakorlik maktabi - kandakorlik san’atidagi oziga xos uslub. 19-asrda shakllangan. Buxoro kandakorlik buyumlari shakli sodda, xushbichimligi, naqshlari esa murakkab va nafisligi bilan ajralib turadi. Kokon kandakorlik maktabi yaratgan san’at asarlariga qaraganda Buxoro kandakorlik maktabi m. badiiy buyumlarining naqshlari bir oz yirikroq bolib, asosan me’moriy obidalar tasvirlari aks ettirilgan. "Mehrob", "Madohil", "Hisht", "Nimhisht" va boshqa naqsh elementlaridan foydalanib, islimiy naqshlar chizilgan. Buyumlarga kesma usulida zarb berilgan. 19-asr - 20-asr boshida bezak mujassamotida yozuvnaqsh keng orin oldi, yozuvlar osimliksimon naqshlarga oxshatib zarb qilindi. Buxoro kandakorlik maktabi m. vakillari: Shodi Muhammad, Hakim Buxoriy, Olim Abdusalomov, Gulom Hasanov, Olloyor Yoldoshev va boshqa, 20-asrda Muxtor Muhsimov, Muqaddam Mukarramov, Abdusalom Hamidov, Us t a Salim kabilar bu san’at rivojiga katta hissa qoshdilar. 1968 yilda tashkil etilgan kandakorlik sexlarida mehnat qilayotgan kandakorlar qad. san’atni ozlashtirib, Buxoro kandakorlik maktabi m. an’analarini rivojlantirmoqsa.