ⓘ Buxoro kumush tangasi - Buxoro xonligi tashkil bolgan paytda Shayboniyxon nomi bilan zarb qilingan kumush tangalar. Shayboniylar dastlab tangalarining ogirligin ..

                                     

ⓘ Buxoro kumush tangasi

Buxoro kumush tangasi - Buxoro xonligi tashkil bolgan paytda Shayboniyxon nomi bilan zarb qilingan kumush tangalar. Shayboniylar dastlab tangalarining ogirligini 1 misqol, ya’ni 4.8 g miqsorida zarb qilgan bolsa, 17-asrga kelib 4.4 g ga tushib qoldi. Joniylar sulolasi xukmronlik qilgan davrdan boshlab kumush tangalar a’lo sifatli sof kumushdan zarb qilingan. Mangitlar sulolasi tangalarida Joniylar tangalariga nisbatan yozuvlar oz bolgan. Kumush tangalarning ong tomonida tanga zarb qilingan shaharning nomi, ya’ni "Himmatli Buxoro zarbi" va raqamlar bilan sana korsatilgan, ters tomonida podshoning nomi va yana sana korsatilgan. Mangitlarda podsho nomini tangaga berish yollari turlicha bolgan. Birinchi Mangit amiri Muhammad Rahimxon oz nomidan tanga zarb etgan. Lekin Shohmurod oldin Abdulgoziy nomi bilan, keyinchalik otasi Doniyolbiy nomi bilan tangalar chiqargan. Shohmurod va uning vorisi amir Haydar goh buvasi, goh otasi, goho otabuvasi, keyinchalik ozi nomidan ham tangalar zarb qilgan. Uning ogliHusayn atigi 75 kun hukmronlik qilgan bolsa ham oz nomi bilan kumush tangalar zarb qilishga ulgurgan. Keyingi barcha mangit amirlari faqat avlodajdodlarining xotirasi uchun tanga zarb qilganlar. Mangitlarning kumush tangalari a’lo sifatli sof kumushdan ishlangan; ularning ogirligi kamaygan va diametri kichraygan.Ad.: Er Nazarov T., Kochnev B., Tangalar otmish darakchilari, T., 1977.