ⓘ Buxoro miniatyura maktabi - Ozbekiston miniatyura san’atidagi oziga xos yonalish. Orta asrlar da Buxoroda shakllangan. Buxoro miniatyura maktabi m.ning rivojlan ..

                                     

ⓘ Buxoro miniatyura maktabi

Buxoro miniatyura maktabi - Ozbekiston miniatyura san’atidagi oziga xos yonalish. Orta asrlar da Buxoroda shakllangan. Buxoro miniatyura maktabi m.ning rivojlanish davri Buxoroda Shayboniyxonlar, Ashtarxoniylar hukmronligi davriga togri keladi. Hirot miniatyura maktabi ta’sirida rivojlangan Buxoro miniatyura maktabi m. dastlab Buxoroga kelgan Hirot miniatyura maktabi vakillarining ijodi bilan bogliq bolgan va mahalliy badiiy an’analar ta’sirida shakllanayotgan mustaqil uslubni aks ettirgan oqimlar korinishida bolib, 1550- yillar ortalaridan mustaqil rivojlangan. Umumlashtirish, shaklning ixchamligi, kiyim va bezaklarning aniq hamda yirik ishlanishi, boshliqning bir tekis tuzilishi, me’moriy tasvir va zaminning soddalashtirilishi kabi xususiyatlarga ega bolgan. Umumiy ranglar yorqin, tiniq, rasmlar uchun yaratuvchanlik, tantanavorlik ruhi xos bolgan. Rasmlarda qabul sahnalari, tabiat ogushidagi uchrashuvlar, maishiy manzaralar, saroy hayotidan olingan axloqiy lavhalar va boshqa mavzular keng orin olgan; kochmanchi hayot korinishlari, mahalliy etnik turlar ham uchraydi. 16-asr oxiridan tasviriy san’atda mavjud an’anaviy, rasmiy dabdabali yonalish bilan bir qatorda demokratik mavzular shakllandi va mustahkamlandi, shahar hayotidan olingan janrli lavhalar, hunarmandlik mavzularining soni kopaydi. Buxoro miniatyura maktabi m.ning yirik vakillari: Mahmud Muzahhib, Shayxzoda, Abdulla Musavvir ; Muhammad Sharif, Muhammad Muqim, Avaz Muhammad, Muhammadamin, Farhod, Mulla Behzod, Xoja Gadoy va boshqa 16-asr oxiri va 17-asr boshlarida Movarounnahrning qoshni mamlakatlar bilan aloqalarining kuchayishi tufayli Buxoro miniatyura maktabi m. vakillari asarlarida Hindiston va Eron tasviriy san’atining ta’siri oz ifodasini topgan. Bu maktab vakillari tomonidzn Sa’diyning "Boston", Jomiyyaning "Tuhfat ulahror", Dehlaviynint "Tarixi Xizrxon", Nizomiyning "Hamsa", Firdavsiyning "Shohnoma" asarlari, shuningdek tarixiy, diniy asarlar badiiy bezatilgan. Kitoblarni bu tarzda bezash keyingi davrlarda ham davom etdi, mas, Ahmad Donish, Abdulxoliq Maxdum va boshqa 20-asr 20- yillarida Buxoro miniatyura maktabi m. an’analari usta Nabi Hafizov, S. Pochayev ijodida davom ettirildi.Ad.: Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Vidayushiyesya pamyatniki izobrazitelnogo iskusstva Ozbekistana, T., 1960; Sredneaziatskiye miniatyuri 16 - 18 vv., M., 1964; Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Ocherki iskusstva Sredney Azii, M., 1982.El’mira Ismoilova.