ⓘ Buxoro mudofaasi - shahar aholisining mogul bosqinchilariga qarshi bar topgach, mamlakat mudofaasi uchun notogri strategik usulni qollagan. U oz qoshinini Movar ..

                                     

ⓘ Buxoro mudofaasi

Buxoro mudofaasi - shahar aholisining mogul bosqinchilariga qarshi bar topgach, mamlakat mudofaasi uchun notogri strategik usulni qollagan. U oz qoshinini Movarounnahrning barcha shaharlariga taqsimlab, har bir shahar mudofaasini oz holiga tashlab koygan. Xususan, Buxoro mudofaasi uchun amiroxur Ixtiyoriddin Kushlu va Inonchxon rahbarligi ostida 30 ming kishilik qoshin ajratilgan. Buxoroda bulardan tashqari amirlardan Ham id Pur, Sevinchxon va Kokxonlar bor edi. Chingizxon va uning kichik ogli Tulixon mogullarning asosiy kuchlari bilan Buxoroni 1220 yil fevralda qamal qilishgan. Buxoro amirlari uch ming kishi bilan tunda shahar qal’asidan chiqib mogullar qarorgohiga shabixun uyushtirdilar, biroq yengilib, kop talafot korib yana shaharga qaytishga majbur bolganlar. Buxoro amirlari uch kunlik qamaldan song mogullar halqasini yorib otib, Xurosonga ketishga qaror qilishgan. Biroq mogullar buxoro qoshinini pistirmaga tushirib, tormor keltirdilar, faqat Inonchxon ozgina qoshin bilan qamalni yorib otishga muvaffaq bolgan. Himoyachilarsiz qolgach, shahar aholisining bir qismi taslim bolishga qaror qilib Chingizxon huzuriga qozi Badriddin Qozixon boshchiligidagi vakillarini jonatgan. Biroq shaharliklarning va qoshinning bir qismi yana 12 kun davomida arkka yashirinib bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashni davom ettirdi. Shahar butkul vayron qilinib, yondirib yuborilgach, aholining bir qismi qirib tashlangan, qolganini boshqa shaharlarni olishda qamal ishlarida foydalanish uchun haydab ketishgan. Chingizxon Tovush bosqoqni Buxoro hokimi etib tayinlagan.

                                     

1. Adabiyot

  • Shixab addin Muhammad an-Nasavi, Jizneopisaniye sultana Djalal addina Mankburni, Baku, 1973;
  • Rashid addin, Sbornik letopisey, t. 1, kn. 2, M.L., 1952;
  • Mirzo Ulugbek, Tort ulus tarixi, T., 1994.