ⓘ Buxoro raqsi - ozbek xalq raqs uslubi. Buxoro muzofotida shakllangan va rivojlanib kelgan. Harakatlarining mardonavor va shiddatliligi, qayrilish, yarim qayrili ..

                                     

ⓘ Buxoro raqsi

Buxoro raqsi - ozbek xalq raqs uslubi. Buxoro muzofotida shakllangan va rivojlanib kelgan. Harakatlarining mardonavor va shiddatliligi, qayrilish, yarim qayrilish, shox va charxlarga boyligi bilan ajralib turadi. Tizzalar sal bukilib, qomat goz tutilgan, kiftlar orqaga tashlanib bosh kotarilgan holatda ijro etiladi. Qol ba’zan tez, ba’zan mayin, egiluvchan harakatlanadi. Raqs turi va oyin joyiga qarab harakatlar silsilasi ozgaradi. Ijrochining libosi raqs obrazlariga aniklik beradi. Buxoro raqqosalari, odatda, yoqa, yeng, etaklari zehiga kashta tikilgan keng koylak, oyoqlariga poshnasi baland guldor etik kiyib, boshlariga peshonaband yoki tilla qasava boglab, bilaklariga zangila, kokraklariga zebigardon va boshqa zebiziynat taqishgan. Raqqoslar kundal, adras, kimxob kabi matolardan keng qilib tikilgan kamzul yoki zardozi yaktak, yakrang shoyidan salla orab, oyoqlariga poshnali baxmal etik