ⓘ Buxoro yahudiylari, Orta Osiyo yahudiylari - Orta Osiyonyng turli shaharlarida qadimdan yashaydigan etnik guruh. Buxoro yahudiylarining Orta Osiyoda qachon payd ..

                                     

ⓘ Buxoro yahudiylari

Buxoro yahudiylari, Orta Osiyo yahudiylari - Orta Osiyonyng turli shaharlarida qadimdan yashaydigan etnik guruh.

Buxoro yahudiylarining Orta Osiyoda qachon paydo bolganlari munozarali. Bazi olimlar M. Zandning fikricha, yahudiylar Orta Osiyoda miloddan avvalgi 6-asrda paydo bolganlar. Yahudiylar ensiklopediyasida Buxoro hududi Bibliyadagi Xabar bilan, iyeroilliklarning on pushti surgun qilingan joylardan biri sifatida tenglashtirilgan miloddan avvalgi 722. Arxeologax tadqiqotlarga kora, yahudiylar Orta Osiyo Marv, Samarqandga 2 - 4 - 5-asr va 8-asrlarda kelganlar. Yozma manbalarga kora esa miloddan avvalgi 1-asr - milodiy 1-asrda Marvga, 6 - 80-asrlarda Xorazmga kelganlar. V. V. Bartoldning yozishicha, 10-asrda Movarounnahrda yahudiylar xristianlarga nisbatan kupchilikni tashkil qilgan. Tudellik sayyoh Veniamin 12-asrning malumoticha, Samarqand shahrida 30 ming yahudiy yashagan. Yahudiylarning Buxoroda bolishlari togrisida ilk malumot 13-asrga togri keladi.

XII asrning ikkinchi yarmida Tudellik Benjamin Samarqanddagi yahudiylar haqida xabar beradi, ular samarqandlik yahudiylarning juda katta jamoasini eslatib otadilar.

Buxoro yahudiylarining oilaviy afsonalariga kora, 14-asr oxiri - 15-asr boshlarida yahudiy toquvchilar Amir Temur tomonidan Sabzavor, Sheroz va Bagdodsan Movarounnaxrga olib kelingan. Ular keyinchalik mahalliy yahudiy jamoalari bilan aralashib ketishgan. 16-asrda Buxoro yahudiylarning bosh markaziga aylangan, shu ayerda shaharda yahudiylar mahallasi - "Mahallai kohna" tashkil topgan. Buxoro yahudiylari iudaizm diniga etiqod kilishadi. Barcha shaharlarda, yahudiylar guj bolib yashagan mahallalarda sinagogalar bolgan.

Buxoro yahudiylari atamasi birinchi bolib 16-asrda paydo bolgan. Buxoro yahudiylarining otmishdagi u mumiy soni haqida aniq malumot yoq. Ingliz missioneri Volf amir Nasrullaxon hukmronligi davri 1826 - 60da Buxoroda 10 ming yahudiy yashaganligini korsatib otgan. Aholini royxatga olish malumotlariga kora, 1926 yilda Ozbekistonda 18172, 1989 yilda esa 28369, shu jumladan Buxoroda 4200 Buxoro yahudiylari yashagan. Ozbekistonda Buxoro yahudiylari, asosan, Buxoro, Samarqand, Qoqon, Xatirchi, Shahrisabz, Andijon, Margilon, Toshkent shahri lari da yashaydilar. Buxoro yahudiylari tili yahudiy-tojik tili bolib, tojik tilining jan. guruhiga kiradi.

20-asrning 30- yillari boshlaridagi stalincha qatagon davrida 1000 ga yaqin Buxoro yahudiylari hibsga olingan, sinagogalar, yahudiy maktablari, teatr, muzey va gaz.lar yopilgan. Buxoro yahudiylaridan adabiy esdaliklarning mashhur mualliflaridan biri Solomon ben Samuel bolgan. U 1338 yil Urganchda yahudiy tili lugatini tuzgan, Moshe ben Dovud forsiyda poemalar bitgan. 17-asr oxiri - 18-asr 1-yarmida shoir Yusuf Yagudi Mollax Iosif ben Isaakning "Yetti akauka" asari Buxoroda mashhur bolgan. Buxoro yahudiylarining asosiy mashgulotlari savdo, musiqashunoslik, artistlik, xunarmandchilik bolib, keyinchalik maishiy xizmat, pedagoglik sohalari, muhandis, vrachlik kasblarini egallashgan. Buxoro yahudiylari orasidan fan va madaniyatning yirik arboblari yetishib chiqqan: fan doktorlari - prof. Yu. I. Ishoqov, I. A. Kalantarov, B. I. Pinxasov, N. M. Mallayev; kompozitorlar - M. Leviyev, S. Yudakov; rassomlar - Yu. M. Yelizarov; Ozbekiston xalq artistlari - L. Boboxonov, B. Davidova, I. Oqilov, M. Yoqubova, M. Shamayeva shular jumlasidandir.

Ozbekiston mustaqillikka erishgan 1991dan keyin Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha millat va elat vakillarining tili, urfodati, ananalariga hurmat bilan munosabatda bolishni, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishni kafolatladi. Buxoroda 2 sinagoga, yahudiy tilida oqitiladigan maktab va bolalar bogchasi faoliyat korsatadi. Samarqandda "Shofar" gaz. nashr qilinadi 1998. Turli diniy marosimlar erkin otkaziladi.

                                     

1. Adabiyotlar

  • Kaganovich A. Druzya ponevole: Rossiya i bukharskiye yevrei, 1800 - 1917. M.: Novoye literaturnoye obozreniye, 2016.
  • OzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Almeev R., Buharskiye yevrei, Buxoro, 1998.