ⓘ Buxoro qatlamlari - orta paleotsen davrida hosil bolgan yotqiziqlar. O. S. Vyalov birinchi bolib 1934 yil gorizont, 1935 yil yarus sifatida paleogen davri quyi ..

                                     

ⓘ Buxoro qatlamlari

Buxoro qatlamlari - orta paleotsen davrida hosil bolgan yotqiziqlar. O. S. Vyalov birinchi bolib 1934 yil gorizont, 1935 yil yarus sifatida paleogen davri quyi qismiga kiritgan. 1959 yil stratigraflar kengashi qaroriga kora Buxoro qatlamlari deb ataldi. Asosan karbonatli tog jinslaridan, bazan gipsangidriddan iborat. Sharqiy Ozbekiston va Jan. Ozbekistonda keng tarqalgan shor suvli sayoz dengiz lagunasida yashagan mollyuskalarning endemik kompleksi asosida paleotsenga kiritilgan. Xalqaro stratigrafik sxemada Buxoro qatlamlari paleotsenning tanet yarusiga mansub. Buxoro qatlamlari dagi faunalarni S. H. Mirkamolova, G. N. Kreydenkov, G. H. Soliboyev va boshqa organgan. Buxoro qatlamlari Sharqiy Ustyurtning qizil taqir gorizonti hamda Kavkaz va Qrimdagi kachin yarusi bilan taqqoslanadi. Biostratigrafik sxemada Buxoro gorizonti acarinina tadjikistanensis foraminifera va NP9 nannoplankton zonalarga taalluqli.