ⓘ Buxoroda 1910 yil yanvar voqealari - Buxorodagi qonli fojia. Shaharning shia mazhabidagi aholisi 9 yanvar kuni Oglon darvozasi yaqinidagi sarbozxonada ozlarinin ..

                                     

ⓘ Buxoroda 1910 yil yanvar voqealari

Buxoroda 1910 yil yanvar voqealari - Buxorodagi qonli fojia. Shaharning shia mazhabidagi aholisi 9 yanvar kuni Oglon darvozasi yaqinidagi sarbozxonada ozlarining motam marosimlari - "shaxseyvaxsey" otkazayotganliklarida sunniy mazhabidagi mullavachchalar ularning bu holidan kuladilar. Bundan gazablangan shialar bir mullavachchani oldiradilar va uchtasini qamattiradilar. Sunniylarning vakillari amirning Arkiga kelib qushbegi Ostonaquldan gunohkorlarni jazolash va qamalganlarni ozod qilishni talab qiladilar. Qushbegi yigilganlarni haydab yuboradi. Shundan song aholi Registon maydoniga toplanib yana oz talablarini qoyadi. Ozi shialardan bolgan qushbegi yigilganlarga qarshi sarbozlarni yuboradi va ikki ortada jang boshlanadi. Bozorda ham sunniylar bilan shialar ortasida janjal kotariladi. Sunniylar qolga tushgan narsalar bilan qurollangan edi. Xiyobon madrasasi atrofida shialarning hujumi togrisida xabar keladi, yigilgan olomon osha tomon yol oladi. Sarbozlar olomonning yolini tosadi. Sodir bolgan jangda sunniylardan 240 kishi oldirilgan. Shundan song sunniylar butun shaharga tarqalib, duch kelgan shialarni qira boshlaganlar. Bu xunrezlik 10 va 11 yanvar kunlari davom etadi. Qushbegi Rossiyaning siyosiy agentligiga yordam sorab murojaat qiladi. 11 yanvar da Samarqand va Kattaqorgondan polkovnik Panov rahbarligida oqchi rota, kazaklar sotnyasi 4 pulemyot bilan keladi. Fojia haqidagi xabar Rossiya poytaxtigacha boradi, P. A. Stolipinning buyrugi bilan xunrezlikni oldini olish uchun I Turkiston armiyasi korpusi shtabining boshligi generalmayor Liliyental yetib keladi. Karmanada yashayotgan amir Abdulahad Buxoroga ozi kelishga jurat qilolmay ogli Said Olimxonni jonatadi. Sunniy xalq qushbegi Ostonaqulni, Said Olim va Mirob Olim toqsobalarni hamda xalqqa jabrzulm otkazgan bir qator shia amaldorlarini vazifasidan chetlashtirish, bundan song ularni davlat ishlariga aralashtirmaslikni talab qiladi. Bu talablar qondiriladi.

Shaharda osoyishtalik hukm sura boshlaydi, 15 yanvarda sunniy va shia mazhablari vakillarining yarashish uchrashuvi tashkil etiladi, shundan song rus qoshinlari shahardan olib chiqiladi.

Bu xunrezlikda shahar hunarmandlari, ishchilar, mayda savdogarlar, mullavachchalar, ruhoniylar va boshqa qatnashadi. Xunrezlik haqidagi xabar amirlik tumanlaridagi aholini ham junbishga soladi. Yanv. fojialarida umumiy hisoblarga qaraganda mingdan ortiq kishi halok bolgan. Bu xunrezlik amirlik va mustamlakachi Rossiya mamurlarini vahimaga solib qoygan.

                                     

1. Adabiyotlar

  • Ayniy S, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Tuxtametov T. G., RusskoBuharskiye otnosheniya v konse 19 nachale 20 v. T., 1966.
  • OzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Toshpolat Rahmonov.