ⓘ Buxoroda 1917-yil aprel namoyishi. Buxoroda 1917 yil aprel namoyishi - amir Olimxonnij islohotlar otkazish togrisidagi farmoni elon qilingan kunning ertasiga - ..

                                     

ⓘ Buxoroda 1917-yil aprel namoyishi

Buxoroda 1917 yil aprel namoyishi - amir Olimxonnij islohotlar otkazish togrisidagi farmoni elon qilingan kunning ertasiga - 8 aprelda uyushtirilgan tadbir. Yosh buxoroliklar, aholining kopchilik qismi mamlakatda demokratik islohotlar otkazishni talab qilgan. Rossiyadagi muvaqqat hukumat, uning Buxorodagi vakili ham Rossiyadagi 1917 yil Fev. revyasidan keyin Buxoroda islohotlar otkazish fursati yetganini tushungan edilar. Amirning yuqori mansabdorlari, islom dini ruhoniylarining mutaassib qismi islohotga qarshi edi. Amir manifestining elon qilinishi demokratik hamda konservativ kayfiyatdagi namoyishchilarning kochaga chiqishiga sabab boldi. Demokratik doiralar amir manifesti mamlakatda tinch yol bilan ijobiy ozgarishlarni amalga oshirish uchun dastlabki qadam, deb karadilar. Shukrona namoyishi otkazishga qaror qilindi. "Yashasin islohot!", "Yashasin amir!" - degan yalov lar kotarildi. Bir necha yuz kishi shahar markazi - passajdan Gavkushon va Xiyobon orqali Registonga yurish boshlashdi. Namoyishchilar boshida F. Xojayev, Abdulvohid Burhonov, Otaxojayev, Mirbobo, Yusufzoda va boshqa faollar bordilar. Bir necha joyda qisqa mitinglar boldi, namoyishchilarga yangiyangi guruh odamlar kelib qoshildi. Namoyishchilarda kotarinki kayfiyat mavjud edi. Shu kuni konservatorlar va mutaassib guruhlar Registonda toplanib islohotga, yangiliklarga qarshi jangarilik va murosasizlik kayfiyatlarini korsatdilar. Bazi amaldorlarga nisbatan, islohot tarafdorlariga qarata dushmanona dagdagalar, hayqiriqlar qilindi. Ularning jazavasi soat sayin kuchayib bordi. Bunday murakkab vaziyatda ikki lagerning toqnashuvi noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Demokratik namoyishchilar boshliqdari Registonga borish niyatidan qaytdilar, namoyishchilarni tarqalib ketishga davat qildilar. Tadbir oxirigacha yetkazilmagan bolsada, u Buxoro amirligi demokratik ozgarishlar, islohotlar uchun yetilganligini yaqqol korsatdi. 8 aprel voqealarining yakuni shu boldiki, hukumatda konservativ kuchlar yana ustunlikka erishdilar. Dovdirab kalgan amir qozikalon Sharifjon Mahdumni lavozimidan boshatdi, gazablangan mutaassiblar rais Abdusamadxojani olomon qilib oldirdilar, qushbegi Nasrullobek buyrugi bilan shoir S. Ayniy, yosh buxoroliklar Mirbobo, Mirzo Nazrullo 75 - 150 kaltak urib jazolandilar. Islohotchilik harakatining bu bosqichi shunday noxush yakunlandi.

                                     

1. Adabiyotlar

  • OzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Fayzulla Xojayev, Tanlangan asarlar, 1j., T., 1976.; Ishanov A. I., Buharskaya Narodnaya Sovetskaya Respublika, T., 1969.

Rahmon Karimov.