ⓘ Buxoro-Samarqand musiqa uslubi - Buxoro va Samarqand shaharlari va viloyatlari hududlarida qaror topgan muayyan musiqiy ananalar majmui. Qadimdan madaniyat mask ..

                                     

ⓘ Buxoro-Samarqand musiqa uslubi

Buxoro-Samarqand musiqa uslubi - Buxoro va Samarqand shaharlari va viloyatlari hududlarida qaror topgan muayyan musiqiy ananalar majmui. Qadimdan madaniyat maskanlari bolmish bu vohalarda xalq qoshiq va cholgu kuylari, mumtoz musiqa ijodiyoti namunalari keng orin tutadi. Ayniqsa, professional musiqa yonalishlarining xilmaxilligi va ular musiqa voqeligida keng yoyilganligi bilan ajralib turadi. Oziga xos jihatlaridan yana biri - mazkur hududdagi ozbek va tojik xalq musiqa ananalarining ozaro yaqinligi, jumladan xalq qoshiqchiligida ikki tillilik ananasining namoyon bolishi dir. Ikki tillilik ananasi shu sarhadda yashab faoliyat kursatgan kopgina shoirlar ijodida ham oz aksini topgan. Kadimdan diniymarifat, manaviyat ochoqlari sifatida tanilgan Buxoro va Samarqand shaharlarida kitobxonlik, gazalxonlik, qissaxonlik, kalandarxonlik, maddohlik kabi oquv yollari keng rivoj topgan. Turli yigin, toy va bayramlarda mavrigixonlar va sozanda dastalari tomonidan ijro etilayotgan raqs qoshiqlar turkumlari alohida orin tutadi. Ommaviy qoshiq janrlaridan erkaklarning qarsak oyinqoshiqlari mashhur. Cholgu ijrochiligi ham boy ananalarga ega. Bayramsayillari, musiqa tomoshalarida surnaynogorakarnay ansambllari asosiy orin tutgan bolsa, turli yiginmajlislarda gijjak, buxoro rubobi, dutor, nay, ayniqsa tanbur va boshqa sozlar ijrochiligi keng tarqalgan. Shuningdek, tanbur, nay va doyra sozlaridan iborat bolgan cholgu ansambli ham ananaviy tuye olgan. Professional musiqa yonalishlarida makom va hofizlik sanatlari asosiy orinda turadi. Xususan, 18-asr ortalarida Buxoro saroy madaniyatida Shashmaqom turkum i shakllangan bolib, keyinchalik Xorazm maqomlari hamda FargonaToshkent maqom yollari shakllanishiga tasir otkazgan.