ⓘ Buxoroteks aksiyadorlik jamiyati - toqimachilik sanoati korxonasi. Ozbekengilsanoat davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. Buxoro shla joylashgan. 1970 yil qurilish ..

                                     

ⓘ Buxoroteks aksiyadorlik jamiyati

Buxoroteks aksiyadorlik jamiyati - toqimachilik sanoati korxonasi. "Ozbekengilsanoat" davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. Buxoro shla joylashgan. 1970 yil qurilishi boshlanib, 1974 yilda 1yigiruvtoquv fabrikasi, 1976 yilda ip boyash fabrikasi, 1981 yilda 2yigiruv fabrikasi, 1982 yilda 2 toquv fabrikasi ishga tushirilgan. 1974 - 83 yillarda Buxoro ipgazlama kombinati, 1984 yil Buxoro toqimachilik kombinati, 1985 - 93 yillarda Buxoro ipgazlama birlashmasi nomlari bilan atalgan. 1994 yildan hozirgi nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Ip, xom surp va tayyor gazmollar, shuningdek momiq sochiqlar ishlab chiqaradi. Yillik loyiha quvvati 22139 t paxta kalava, 126.5 mln. pogon m xom surp, 128.6 mln. pogon m tayyor gazlama. 1996 yilda 25.5 mingt kalava ip, 89.4 mln. pogon m xom surp, 92.6 mln. pogon m tayyor gazlama, 10.4 mln. dona sochiq ishlab chiqardi. Korxonada 9.3 mingdan ziyod kishi ishlaydi. Korxona oz mahsulotlarini AQSH, Shveysariya, Germaniya, Gollandiya, Italiya, Turkiya, Avstriya, Rossiya, Ukraina, Belorussiya kabi davlatlarga eksport qiladi. Buxoroteks aksiyadorlik jamiyati andozalariga moye raqrbatbardosh va sifatli mahsulot ishlab chiqargani uchun "Oltin globus" xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan. Korxonada Shveysariya, Germaniya, Rossiya, Gollandiyada tayyorlangan zamonaviy uskunalar ornatilgan. Gijduvon, Vobkent, Olot, Qorakolda filiallari bor.