ⓘ Buyuk geografik kashfiyotlar - 15 - 17-asr ortalari da yevropalik sayyohlar tomonidan qilingan yirik geografik kashfiyotlar uchun qabul qilingan shartli termin. ..

                                     

ⓘ Buyuk geografik kashfiyotlar

Buyuk geografik kashfiyotlar - 15 - 17-asr ortalari da yevropalik sayyohlar tomonidan qilingan yirik geografik kashfiyotlar uchun qabul qilingan shartli termin.

Yevropa mamlakatlarida tovar ishlab chiqarish ning osishi, javohirlarning yetishmasligi va oltin hamda kumush, ziravorlar va fil suyagini tropiklarda, qimmatbaho moyna, morj tishini shim. mamlakatlarda topish maqsadida yangi yerlarni qidirish, Yevropadan Hindiston va Sharqiy Osiyoga yangi savdo yollarini axtarish kabilar ekspeditsiyaga borishning umumiy sabablari bolgan.

B.g.k. 1yuz yillik davrining muhim voqealari. 1488 yil portugaliyalik dengizchilar Afrikaning barcha garbiy va jan. sohilini tekshirdilar D. Kan, B. Diash va boshqalar. 149294 yillarda X. Kolumb Bagama o.larini, Katta va Kichik Antil o.larini kashf qildi; 1497 - 99 yillarda Vasko da Gama arablar rahnamoligida Garbiy Yevropadan Jan. Afrika boylab Hindistonga uzluksiz dengiz yolini ochdi; 1498 - 1502 yillarda Kolumb, A. Oxeda, A. Vespuchchi va boshqa ispan hamda portugal dengizchilari Jan. Amerikaning hamma shim. sohilini, uning sharqiy Braziliya qirgogini 25° j.k.gacha va Markaziy Amerikaning Karib qirgogini kashf qildilar. 1513 - 25 yillarda ispanlar Panama boynini kesib otib, Tinch okean qirgogiga chikdilar V. Nunyes de Balboa va LaPlata koltigini, Florida va Yukatan ya.o.larini va Meksika qoltigining barcha sohilini, Meksika va Markaziy Amerikani E. Kortes va boshqalar zabt etdilar, Jan. Amerikaning Atlantika soxilini toliq tekshirdilar. 1519 - 22 yillarda F. Magellan va uning safdoshlari Amerikaning jan. chekkasi boylab bogoz orqali keyinchalik Magellan bogozi deb ataldi dunyo boylab birinchi sayohat qiddilar. 1526 - 52 ylarda F. Pissaro, D. Almagro, P. Valdiviya, G. Kesada, F. Orelyana va boshqa ispanlar Jan. Amerikaning barcha Tinch okean sohilini, And toglarini 10° shahri k.dan 40° j. k. kacha, Orinoko, Amazonka, Parana, Paragvay daryolarini ochdilar. Fransuz dengizchilari J. Verratsano 1524, J. Kartye 153435 Shim. Amerikaning sharqiy qirgogini va SanLavrentiy daryosini, ispan sayyohlari E. Soto va F. Koronado esa Appalachi toglarining jan.ni va Qoyali toglarning jan.ni, Kolorado va Missisipi daryolarining quyi oqimlarini organdilar 1540 - 42.

B.g.k. 2yuz yillik davrining muhim voqealari. Yermakning Garbiy Sibirga yurishidan 1581 - 84 keyin va Gaz daryosi boy i da Mangazeya shahriga 1601 asos solingandan song rus sayyoh yol bosarlari Yenisey va Lena daryolari sohillarini organdilar, Shim. Osiyo hududini kesib otib, Oxota dengizigacha yetib bordilar 1639 yil I. Moskvitin. 17-asr ortalariga kelib Sibirning barcha yirik daryolari va Amur daryosining oqimini tekshirdilar. Rus dengizchi sayyohlari esa Osiyoning barcha shim. sohilini aylanib chiqib, Yamal, Taymir, Chukotga ya. o.larini tavsifladilar va Shim. Muz okeanidan Tinch okeanga Bering bogozi orqali otib, Osiyo quruqlik orqali Amerika bilan tutashmaganligini aniqladilar F. Popov - S. Dejnev ekspeditsiyalari. Golland dengizchisi V. Barens 1594 yil Novaya Zemlya o.ning garbiy qirgogini va 1596 yil Shpitsbergen o.ni aylanib chikdi. Inglizlar 1576 - 1631 yillarda Grenlandiyaning garbiy sohilini aylanib otib, Baffin Yerini, Labrador ya. o.ni aylanib, Gudzon qoltigi qirgoqlarigacha bordilar. Fransuzlar 1609 - 48 ylarda Shim. Amerikada Shim. Appalachi toglarini va Buyuk kollarni S. Shamplen va boshqalar topdilar. Ispaniyalik L. Torres 1606 yil Yangi Gvineya o.ning jan. qirgogini aylanib Torres bogozini ochdi, gollandlar esa V. Yansson, A. Tasman va boshqa 1606 - 44 yillarda Avstraliya, Tasmaniya va Yangi Zelandiyaning shim., garbiy va jan. qirgoqlarini kashf qildilar.

Sharq mamlakatlarida, ayniqsa, Xitoyda bunday kashfiyotlar ancha ilgari boshlangan. Miloddan avvalgi 128 yil xitoylik Chjan Syan Sharqiy Tyanshan etaklari boylab borib, Markaziy Tyanshan dovonlaridan oshib, Fargona vodiysining Koson shahriga kelgan, songra Qizilqumdan otib, Balxga yetib borgan. Qaytishda Pomir, Singin toglaridan otib, 126 yilda vataniga qaytib kelgan 15 ming km yol bosgan. Xitoy sayyohi Syuan Szan 7-asrda 16 yil 629 - 645 davomida Chjan Syan yolidan yurib, Balx shahrigacha borgan, song Hindukush toglaridan oshib, Haybar darasidan otib, Hind vodiysiga chiqqan va Panjobni organgan, Panjobdan Bengaliyagacha bolgan yerlarni kezgan, songra Amudaryo boyiga qaytib, Pomir va Qashqar orqali vataniga qaytgan. 689 yil xitoylik I. Szin dengiz boylab sayohatga chiqqan. Sumatra o.ga borgan, song Gang mansabiga yetib kelib, 695 yil vataniga qaytgan va korganlarini batafsil yozib qoldirgan.

9 - 10-asrlarda arablar Eron, Hindiston, Shri Lanka, Turkiston, Orta Osiyoning buyuk toglari, Shim. va Jan. Xitoy, Hindixitoy, Indoneziya o.lari, Afrika, Madagaskar o. haqida yetarli malumotga ega bolishgan. Faqat Yevrosiyoning shim. ularga uncha aniq emas edi. 10-asrning birinchi yarmida arab sayyohi, olim Masudiy butun Garbiy Osiyoni, Turkiston, Kavkaz, Sharqiy Yevropa, Shim. Afrika, Sharqiy Afrikani kezib chiqqan, Yava o. va Xitoyda ham bolgan degan malumotlar bor. 13-asr boshida arab geografi va sayyohi Yoqut Hamaviy Orta dengiz, Fors qoltigi, Eron togligi va Turkistonda bolgan. Yoqut Hamaviy "Mamlakatlar lugati"ni tuzgan. Marokashlik savdogar Abu Abdulloh Ibn Battuta 1325 yil Iskandariyaga kelgan, songra Nil daryosi boylab suzib, birinchi sharsharaga Asvon yaqinida borgan. Keyin Suriya Shom, Kichik Osiyo ya. o., Iroq, Makka, Yaman, undan Mozambikka borgan, song Zanjibar o. orqali Hormuz bogoziga kelgan, Bahrayn o.laridan otib, Jan. Eronda bolgan, u yerdan Misrga qaytgan. Songra Suriya va Kichik Osiyo ya. o. orqali Kora dengiz boyiga, Qrimga, Volga daryosi etagi, Axtuba orqali Oltin Orda poytaxti Saroy Berkaga borgan. Keyin Xorazmga, Buxoro, Samarqandga otgan. Jan.ga burilib Amudaryodan otgan, Hindukush toglaridan oshib, Hind vodiysiga, Panjobga, Dehliga borgan. 1342 yil Xitoyga bora turib Jan. Hindiston, Shri Lanka, Maldiv o.lariga otgan, undan Xitoyga, Tayvan o.ga borib, 1349 yil vataniga qaytgan. Song Ispaniyaga borgan. Niger daryosi orta oqimiga, Air, Axaggar togliklariga Sahroi Kabirda borgan. Hammasi bolib quruqlikda va suvda 130 ming km yol bosgan. U sayohat qilgan mamlakatlar haqida muhim malumotlar qoldirgan.

Turkistondan ham jahon geografiya faniga buyuk hissa qoshgan olim va sayyohlar chiqqan. Bulardan Muhammad ibn Muso alXorazmiy "Surat alarz" "Yer tasviri" asarini yozgan, 7 iqlimga tarif bergan, 537 ta joy nomini yozib qoldirgan. Abu Rayhon Beruniy 1016 yilda Sharkda dastlabki geografik globusni yaratdi. Yer aylanasini anik, olchadi, dunyo haritasini tuzdi, Garbiy yarim sharda quruqlik borligini bashorat qiddi. Nosir Hisrav Magrib shahriga, jan.da Nubiya choli, Makkagacha, sharkda Molton va Lohur shaharlariga borgan, 15 ming km dan ortiqyol bosgan. Hofizi Abru 14 - 15-asrlar Movarounnaxr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Iroq, Fors, Ozarbayjon, Eron, Gurjiston, Armaniston, Rus va Shom yerlarida bolgan, Hindistonda Gang daryosi qirgoqlarigacha bir necha marta borgan. Uning 1417 - 20 yillarda yozgan geografik asarida dunyoning doyrashaklidagi haritasi zoq Samarqandiy Afanasiy Nikitindan 27 yil avval Hindistonga Kolikut portiga - hozirgi Kojikode dengiz yoli Arabiston dengizi orqali borgan 1441 va Hindiston haqida kitob yozgan. Afrikani aylanib otgan Vasko da Gama Abdurazzoq Samarqandiydan 50 yil keyin shu portga yetib borgan. Sharq geografsayyoh olimlarining kashfiyotlari va yozib qoldirgan kitoblari yevropalik geograf-sayyohlarning jahonshumul geografik kashfiyotlariga asos bolgan deyish mumkin.

                                     

1. Adabiyotlar

  • OzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Mag i do vich I. P., Ocherki po istorii geograficheskix otkritiy, 3 izd., M., 1967; H as a nov H., Sayyoh olimlar, 1981; Hasanov H., Orta Osiyolik geograf va sayyohlar, T., 1964; Ibrohimov N., Ibn Batguta va uning Orta Osiyoga sayohati, T., 1993.