ⓘ Buyuk kollar - Shim. Amerikadagi yonmayon joylashgan 5 katta kol ning umumiy nomi. AQSH bilan Kanadaning chegara qismida. Maydoni 245.2 ming km². Suvining hajmi ..

                                     

ⓘ Buyuk kollar

Buyuk kollar - Shim. Amerikadagi yonmayon joylashgan 5 katta kol ning umumiy nomi. AQSH bilan Kanadaning chegara qismida. Maydoni 245.2 ming km². Suvining hajmi 22725 km 3. Buyuk kollar dunyoda eng katta chuchuk suv havzasidir. Kollar bir-birlari bilan qiska, serostona daryolar orqdpi tutashgan. Kollar Atlantika okeaniga SanLavrentiy daryosi orkali oqadi. Eri va Ontario kollarini bir-biriga boglovchi Niagara daryosida Niagara sharsharasi bor.

Buyuk kollar qirgoq chizigining umumiy uz. 18 ming km. Buyuk kollar tortlamchi davr muzliklarining erishidan paydo bolgan. Shim. qirgoqlari baland, qoyali, bularda qizil, qongir qumtoshlar, granitlar, gneyslar yaqqol korinib turadi. Jan. va jan.sharqiy qirgoqlari past. Orol kop. Chikago shahri yaqinida kol suvining temperaturasi yanvarda 0’, avg.da 20°. Dek.dan aprel oxirigacha muz bilan qoplanadi. Buyuk kollar da baliklarning 173 turi bor. Ichki suv yollarining uz. 1873 km. Buyuk kollar dagi kema yollarining uz. 3 ming km atrofida. Buyuk kollar atrofdagi dare va kollar bilan ham kanallar orqali qoshilgan. Kollarda temir rudasi, don, kumir va boshqa yuklar tashiladi. Yirik portlari - Chikago, Detroyt, Miluoki, Buffalo, Klivlend, Toronto.